"Mashal" ayrim futbolchilarga javob berdi
20 jan 2014 07:37
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov rejaga ko'ra 18 yanvar kuni futbolchilarga qisqa muddatga dam bergan. Endi jamoa 22 yanvar kuni yana Yangierda yig'iladi va o'quv-yig'in mashg'ulotini davom ettiradi.
Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, jamoa safida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan Akbar Hotamovga javob berilgan. Undan tashqari Eldor Ergashevga ham o'ziga yangi jamoa topish uchun ruhsat berilgan.
Ravshan Mehmonov, Anvar Rahimov, Allayor Reimov kabi ko'rikdan o'tish uchun kelgan o'yinchilar yana ortiga qaytib ketgan.
Yangi kelib qo'shilganlardan Andijondan G'iyos Komilovni aytib o'tish kerak. SHuningdek o'tgan mavsumni Olmaliq va Qizilqum jamoasida o'tkazgan Isroil Ergashev ham gazchilarning bo'lajak yig'iniga kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Fikrlar