“Mashal” 8ta o'yindan keyin nihoyat g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2018, 16:33
PRO-Liganing “A” guruhi qatnashchisi “Mashal” jamoasi so'nggi paytlarda kutilmaganda raqiblariga ochko ulashib, ko'pchilikni e'tiborini tortayotgani bor gap.

E'tiborlisi “gazchilar”ning g'alabasiz seriyasi 8ta o'yindan so'ng barham topdi. Boisi Aleksandr Xomyakov boshqaruvidagi jamoa so'nggi bor, chempionatning 13-turida o'z uyida “Xorazm”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozongandi. Shundan so'ng muborakliklarni sira tanib bo'lmadi deyish mumkin. Negaki, “Mashal” ortda qolgan 8ta o'yinning 4tasida durang qayd etib (“Istiqlol” – “Mashal” 1:1, “Mashal” – “Dinamo” 0:0, “Mashal” – “Andijon” 2:2, “Mashal” – “Norin” 0:0), qolgan 4ta uchrashuvda raqiblariga imkoniyatni boy berib (“Norin” – “Mashal” 2:1, “Andijon” – “Mashal” 2:1, “Dinamo” – “Mashal” 2:0, “Mashal” – “Istiqlol” 1:2), qimmatli ochkolarni qo'ldan chiqarib kelayotgandi.

4 sentyabr, seshanba kuni “Mashal” jamoasi nihoyat ushbu yoqimsiz seriyasiga nuqta qo'ydi. Ahamiyatlisi 8ta tur o'tib, “gazchilar” yana “Xorazm”ni mag'lub etdi. Faqat bu safar o'yin Urganchda kechdi. E'tiborlisi muborakliklar uchrashuvning 90+5-daqiqasida raqib darvozasiga ikkinchi to'pni kiritib, g'alabani ilib ketdi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia