So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  7 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  8 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

"Mashal-2"dan ishonchli g'alaba Yangiliklar

"Mashal-2"dan ishonchli g'alaba

Teglar :  Mashal
Bugun O'zbekiston birinchiligidagi ikkinchi bosqichning 14-tur bahslari bo'lib o'tdi.

"Mashal-2" o'z maydonida "Kosonsoy"ni qabul qildi va 2:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

Uchrashuvda to'la tashabbus maydon egalari tomonida bo'ldi. 23 daqiqada Temur Masharipov birga-bir vaziyatda darvozani ishg'ol eta olmadi. 40 daqiqada Alibek Rahmatullaevga nisbatan jarima maydonchasi ichida ishlatilgan qo'pollik uchun bosh hakam 11 metrlik nuqtani belgiladi. Bundan Maqsud Mahmudov unumli foydalandi. Birinchi bo'limda boshqa hisob o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'limni mehmonlar ham hujumkor boshladi. 50 daqiqada "Kosonsoy" hujumchisi gol kiritgan edi biroq bu vaziyatda to'pni o'yindan tashqari holatda qabul qilib olgani bois bekor qilindi. Oradan uch daqiqa o'tib Boevning ajoyib pasidan so'ng Abdiev boshi bilan darvozani ikkinchi bor aniq nishonga oldi. 56 daqiqada mehmonlar futbolchisi Nodirxon Adamxonov raqib shaniga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirildi. Xuddi shunday jamoadoshi Amirxon Ibragimov ham 85 daqiqada raqibga qasddan zarba bergani uchun to'g'ridan to'g'ri qizil kartochkoga munosib ko'rildi. O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi va birinchilik jamoamiz navbatdagi ishonchli g'alabasini qo'lga kiritdi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Mashal-2" ochkolari 32 taga etdi va turnir jadvalida to'qqinchi pog'onaga ko'tarildi.
Endi birinchilik jamoamiz navbatdagi turni Toshkentda, 2 noyabr kuni "Oqtepa"ga qarshi o'tkazadi.

Birinchi liga, Ikkinchi bosqich, 14-tur
Muborak. 27.10.2015
“Mashal-2” – “Kosonsoy” 2:0
Gollar:
1-0 Maqsud Mahmudov (40 pen), 2-0 Asliddin Abdiev (53).
Hakamlar: Akobir SHukurullaev, Sardor Nishonboev, Nikita Afinogenov (barchasi Toshkent), Artyom Kalinin (Qarshi)
Nazoratchi: M.A. SHaripov (Buxoro)
Ogohlantirish: Durbek Kamolov (85).
CHetlashtirishlar: Nodirxon Adamxonov (56), Amirxon Ibragimov (85) (ikkisi ham "Kosonsoy")
"Mashal-2": 77.Rahimjon Davronov, 3.Konstantin Boev (7.Durbek Kamolov 60), 4.Ahror Inoyatov (5.SHamsiddin Sagdullaev 75), 6.Maqsud Mahmudov, 8.Jafar Ismoilov, 11.Muni Mirmuhsin Yusupov, 14.Tursunmurod Hamdamov, 17.Timur Masharipov (10.Sanjar Ahmedov 46), 20.SHokir Yo'ldoshev (9.Asliddin Abdiev 46), 24.Alibek Rahmatullaev (18.Oybek Jo'raev 90), 26.Maruf Toshev.
Zaxira: 25.SHerzod Abduraimov, 19.Uyg'un Bobonazarov.

"Kosonsoy": Islom Jo'raev, Nodir Adamxonov, Mirjamol Jamalov, Islomjon Ismoilov, Azizbek Mamazoitov, Fozil Dehqonov, Azizjon Qurbonov, Abbos G'ulomov, Ibrohim Ergashev, Bobur Mamajonov, Amirxon Ibrohimov.
Zaxira: Dilmurod SHodiev, Zohir Ismoilov, Zuxriddin Abdumo'minov, Abdurazzoq Jo'raev, Muslimbek Saytboev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика