“Mashal-2001” Respublika birinchiligida qatnashyapti
18 noy 2013 15:35
Yangiliklar

“Mashal-2001” Respublika birinchiligida qatnashyapti
SHu kunlarda Buxoroda 2001 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida Respublika birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Jami 12ta jamoa ishtirok etayotgan turnirda “Mashal” futbol maktabining 2001 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari ham bor. Bosh murabbiy Ikrem Repatov va yordamchi murabbiy Jonibek Egamberdiev shogirdlari musobaqada Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qilishmoqda.
“Mashal-2001” bungacha uchta o'yin o'tkazib, hammasida g'alaba qozondi. Xususan Ikrem Repatov shogirdlari guruh bahslarida Jizzaxni 3:2, Toshkent viloyati jamoasini esa 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Bu ikki uchrashuvda Eldor Hasanov, Jonibek G'afforov, Pirimov Feruz, Boboqulov Hakimbek, Hamdamov Akbar singari yosh o'yinchilar to'p kiritishdi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, 12ta jamoa uchtadan to'rt guruhga bo'lingan va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oldi. Bugun chorak final uchrashuvlari o'tkazildi. Aytgancha, o'yinlarning har bir taymi 30 daqiqadan o'ynalmoqda. Bahslar “Yoshlik” va “Umid” sport majmualarida o'tkazilyapti.
Bugungi chorak final bellashuvlari natijalariga ko'ra Qashqadaryo Navoiyni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oladi. Bu o'yinda bizdan gollarni G'afforov Jonibek, Ahadov Diyorbek va Akbar Hamdamov raqib darvozasiga kiritishdi. Endi “mashalchilar” yarim finalda Buxoroga qarshi maydonga tushishadi. Yarim final bahslari ertaga bo'lib o'tadi. Biz esa quyida chorak final natijalari va yarim final juftliklarini keltirib o'tamiz.
CHorak final. 18 noyabr
Buxoro – Toshkent – 4:1
Farg'ona – Samarqand – 3:0
Qashqadaryo – Navoiy – 3:1
Namangan – Jizzax – 4:0
Yarim final. 19 noyabr
Buxoro – Qashqadaryo
Farg'ona – Namangan

Fikrlar