

O'z mintaqasini oltinchi pog'onada yakunlagan Dilshod Andaev shogirdlari mavsumga tayyorgarlikning so'nggi qismini Muborakda o'tkazmoqda. Jamoa 15-25 iyul kunlari Shahrisabzdagi tog'li mintaqada o'n kunlik o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazdi. Tog'da bo'lib o'tgan yig'indan so'ng tayyorgarlikni o'z bazasida boshladi. Tayyorgarlikning bu qismida asosiy e'tibor amaliyotgan qaratilgan bo'lib ikkita nazorat uchrashuvi ham belgilandi.
Tarkibda bir qancha o'zgarishlar bo'lgan. Yoshlar ligasi tarkibidan futbolchilar kelib qo'shilgan bo'lsa, bir necha futbolchi boshqa jamoalarga ijaraga berildi.
Bugun ushbu jamoa "Mikrokridet Bank" bilan Muborakda nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Unda birinchilik vakillarimiz 2: 1 hisobida g'alaba qozondi.
"Mashal-2" - "Mikrokridet Bank" 2: 1
Gollar: Shokir Yuldashev, Muni Mirmuhsin Yusupov - Akmal Ismatullaev.
"Mashal-2": Husan Olimjonov, Sunnat Rustamov, Shohjahon Qilichev, Temur Masharipov, Yodgor Nazarov, Maruf Toshev, Durbek Kamolov, Maqsud Mahmudov, Jafar Ismoilov, Sanjar Ahmedov, Asliddin Abdiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahimjon Davronov, Alibek Rahmatullaev, Shokir Yuldashev, Muni Mirmuhsin Yusupov, Jonibek Mirzaqulov, Oybek Jo'raev, Uyg'un Bobonazarov, Dilshod Shabanov, Shohjahon Marufov, Bobir Ismatov.
"Mashal-2"ning navbatdagi nazorat uchrashuvi 7 avgust kuni "G'ijdivon"ga qarshi bo'lib o'tadi.



