So’nggi yangiliklar

17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  0 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   0 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  1 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  22 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  2 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   28 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  5 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3

Masalaning ikkinchi tomoni (Mulohaza) Yangiliklar

Masalaning ikkinchi tomoni (Mulohaza)

SHunday qilib keyingi yil oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etadi. Bu haqda rasmiy xabar chiqqanidan beri turli bahs-munozaralar hamon davom etmoqda.

To'g'ri, O'FF va PFL hozirgi reglament bilan hisob-kitob qilib o'tirmay, tezda qaror qabul qildi. SHundan so'ng gap-so'zlar ko'paydi. Albatta, reglament bilan hisoblashish lozim edi, chunki futbol musobaqalarida bekorga reglament qabul qilinmaydi, garchi musobaqa o'tkazuvchi tashkilotda rahbar o'zgargani bilan odatda davom etayotgan musobaqa tugashi kutiladi va shundan keyin keyingi musobaqa bo'yicha qaror elon qilinadi. 

Tepadagilar rozi, pastdagilar norozi 

Oliy ligada 12ta jamoa qatnashishi va o'yinlar uch davrali tizimda o'tkazilishi rasman malum qilingach, bu borada oliy liga klublari bosh murabbiylari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. O'zaro suhbatlardan shu ayon bo'ldiki, hozirgi paytda turnir jadvalining yuqori o'ntaligida borayotgan jamoalar bu o'zgarishga normal munosabatda bo'lishyapti. 

Ammo pastdagi to'rt-beshta klub darhol o'z noroziligini ko'rsatib, reglament va sport tamoyillarini yodga olishga tushib ketdi. Albatta, bu borada ularning haqlari bor. CHunki musobaqa paytida barcha ishtirokchilarga bir xil munosabatda bo'lish kerak. Hozir yuqori o'rinlardagi jamoalarga buning farqi yo'q. Ammo pastdagilar buyog'iga nima qilishni bilmay qolishdi. 

Qonun - hamma uchun bir. Hozirgi holat esa go'yoki “Sening o'qishing yaxshimas, baholaring ikki, keyingi yil yana sinfda qolasan” deya “ikkichi” o'quvchiga dakki beradigan ustozning gaplariga o'xshab qoldi. Ikki baho olib yurgan o'quvchi keyingi yil ham shu sinfda qolib ketishini o'qish tugashiga bir oy qolganida eshitgach nima qiladi? Darhol yaxshi o'qishga kirishib, darslarni o'zlashtira boshlaydimi? Yo'q, albatta. 11 oy yaxshi o'qimagan o'quvchi bir oyda qanday alochi bo'lib qoladi?

Xuddi shunday futbolda ham. Hozir har qancha harakat qilmasin “Neftchi”ning ishlari besh bo'lib qolmaydi yoki bo'lmasa “SHo'rtan” qolgan to'rtta o'yinni yutmaydi. Bu aniq va bunga real qarash kerak. Hatto keyingi to'rtta o'yinning hammasini yuta olmasligini “Neftchi” bosh murabbiyi Vadim Abramov ham tan olib aytdi. CHunki yutadigan jamoa shu paytgacha yutgan bo'lardi. Qaytanga bu qarordan keyin klubning shashti yanada pasayib ketdi.


To'rtta tur qolganida chiqarilgan qaror 

Hozir ko'pchilik oliy ligada 12ta jamoa qoldirishga qarshi emas, faqat bu narsa kamida bir yil oldin elon qilinishi lozimligi haqida gapiryapti. SHu bois pastki o'rinlarda borayotgan jamoalar sarosimaga tushib qolishdi. SHu paytgacha kerakli ochkolarni yig'a olmay yurgan klublar birdaniga reglament va sport tamoyillarini eslab qolishdi. Bir tomondan ularni tushunsa bo'ladi, chunki hech kim birinchi ligaga ravona bo'lishni xohlamaydi. Va madomiki reglament ro'kach qilinayotgan ekan, bu vaziyat yuzasidan konkret tushuntirish berilishini so'rashga ularning haqqi bor.

Lekin ikkinchi tomondan O'FF kelasi yil oliy ligada 12ta jamoa bo'lishi haqida mavsum tugamasdan malum qilib to'g'ri qildi. Agar bu yangilik chempionat yakuniga etganidan so'ng aytilganida ham baribir shu savol yuzaga kelgan bo'lardi. Nega shu narsa oldinroq aytilmadi, bizga shunga qarab tayyorgarlik ko'rardik va hokazo. SHu bois keyinchalik bunday gap-so'z tagida qolib ketgandan ko'ra, hozirdanoq aytib qo'ygan maqul. CHempionat tugashiga hali to'rtta tur bor, oliy ligada qolishni xohlaysizlarmi, marhamat, qolgan o'yinlarni yutinglar deyapti O'FF. 

Ana endi pastki o'rinlar uchun kurash yanada qizg'in kechadi. “Obod”ni hisobga olmay turamiz, bu jamoa allaqachon elita bilan xayrlashib ulgurgan. Lekin buyog'iga “Qizilqum”, “Dinamo”, “So'g'diyona”, “SHo'rtan”, “Neftchi” ishtirokidagi har bir bahs diqqatga sazovor bo'ladi. Oliy ligada ikkinchi o'rin uchun qanday keskin kurash kechayotgan bo'lsa, pastda “jon” saqlab qolish uchun ham shunday kurash bo'ladi. Bungacha oliy ligada qolish uchun asosan “Neftchi” bilan “SHo'rtan” o'zaro raqobat qilayotgandi, endilikda jamoalar soni ortdi, ular beshtaga etdi va mana endi haqiqiy kimo'zar boshlanadi.


Bizga yana bir yil zerikarli chempionat kerak emas

Albatta, ko'pchilik tomonidan yangrayotgan fikrlarga qo'shilamiz, har qanday musobaqa formatiga o'zgartirish kiritilayotganda kamida bir yil oldin bu haqda rasmiy axborot beriladi. Jamoalar shunga yarasha ogohlantiriladi va hamma o'z tayyorgarligini boshlaydi. Agar reglament va sport tamoyillaridan kelib chiqsak, O'FF va PFL xatoga yo'l qo'ydi deya olamiz, lekin boshqa tarafdan qaraydigan bo'lsak, bizga yana bir yil zerikarli futbol kerak emas. 

CHunki keyingi mavsumda ham 16ta jamoani qoldiradigan bo'lsak, hozirgi karam-sho'rvani majburan yana bir yil ichib yurishimizga to'g'ri keladi. Bizga esa qiziqarli, har turda kurash bo'ladigan chempionat kerak. Bo'ladigan ishni birdaniga qilgan maqul. Agar sport tamoyili-yu, reglament degan havoyi gaplarni eshitib o'tirsak, bekorga yana bir yilni yo'qotganimiz qoladi. Undan ko'ra, 12ta jamoalik qiziq chempionatga darhol o'tib qo'ygan maqul. Oliy ligada kim talabga javob bersa o'shalar o'ynasin. 

Stadioni, oddiy bir avtobusi yo'q jamoalarni ushlab o'tirgandan nima foyda? Qolaversa, ko'p klublar ishchi-xodimlari-yu, futbolchi va murabbiylarga oylikni vaqtida berolmay halak. Marhamat, shunday jamoalar borib birinchi ligada bemalol o'ynayversin, hech kim katta pul so'ramaydi. Umuman olganda, mana shu jihatdan O'FFning qarorini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz. Va umid qilamizki, keyingi yil butunlay boshqa, juda qiziqarli chempionat guvohi bo'lamiz.


Licenziyalash va qo'yiladigan talablarga tayyormisiz? 

SHu o'rinda bir jihatga etibor berishni xohlardik. O'FF milliy chempionat yakunida 1-11 o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar keyingi yil ham oliy ligada ishtirok etadi demayapti, balki egallagan o'rinlari bilan birga licenziyalash tizimidan o'tganligiga ham etibor beriladi degan. Yani, biror jamoa 10-o'rinni olgani bilan bo'ldi, oliy ligada qoldi degani emas. Agar o'sha klub OFKning licenziyalash talabiga javob bermasa, O'FF birinchi ligaga tushirib yuborishi mumkin. Bizga malum bo'lishicha, bugungi kunda aksar klublar licenziyalashni to'liq bajarmagan hamda futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzlari yig'ilib qolgan. SHunday ekan, buyog'iga talablar kuchayib boraveradi. Qolaversa, buni O'FF yoki PFL o'zidan o'zi o'ylab topayotgani yo'q, balki OFK bizdan shuni talab qilyapti.

To'g'risini aytish kerak, aksar klublar licenziyalash tartib-qoidalarini chiroyli qilib qo'yganliklari bilan aslida hammasi qog'ozdagidek emas. Ko'p joylarda hamon OAV bemalol ishlashi uchun tuzuk media tribuna qilinmagan, simsiz internet jamiki stadionlarda bor deya olmaymiz. Qolaversa, juda ko'p stadionlarda jurnalistlar o'tirishi kerak bo'lgan joyga klub xodimlari, begona kishilar, hatto chiptachilar kirib o'tirib olishadi.

O'FF birdaniga qaror chiqarib to'g'ri ish qilmadi deya olamga jar solayotgan klublarga savol: siz o'zingiz reglamentning barcha bandlariga amal qilyapsizmi? Bu borada sizda hech qanday kamchilik yo'qmi?

Gapni cho'zib o'tirmay asosli faktlarga to'xtalsak. Reglamentda oliy liga klublariga qo'yiladigan talablar ochiq-oydin ko'rsatib o'tilgan. Ko'p chuqurlashmasdan eng asosiylarini keltirib o'tamiz. Oliy liga klublari bosh murabbiylarida “Pro” licenziyasi bo'lishi shart, lekin hammada ham bunday emas. Stadiondagi yoritish chiroqlari 1200 lyuks bo'lishi kerak, lekin bazi joylarda hatto 800ga etmaydi. Agar yoritish zo'r bo'lsa, unda nega o'yinlar vaqtli boshlanadi? Har bir klub qoshida o'quv-mashg'ulot bazasi bo'lishi lozim, lekin biz bilamizki, bazi klublarda trenajyor zali, basseyn kabilar yo'q va ular pul to'lab zalga qatnashadi.

Har bir oliy liga klubi qoshida kamida 160 o'rinlik bolalar va o'smirlar futbol maktabi faoliyat olib borishi shart. Ammo aksar klublar asosiy tarkibdan ortmay, bolalarga umuman etibor bermay qo'yishgan. Bechora bolakaylarda na kiyim bor, na durust maydon va na kerakli sport jihozlari. Uch mahal issiq ovqatni-ku gapirmasa ham bo'ladi. Hatto vaziyat chatoqligidan har bir klubning o'z avtobusi bo'lishi kerakligigacha  majburan reglamentga yozib qo'yilgan. Endi bu uyat emasmi?

Bundan tashqari, har bir klub o'zining rasmiy veb-saytiga ega bo'lishi kerak deymiz. Lekin biz ko'ryapmizki, sayt bo'lgani bilan muntazam yangilanmaydi, turnir jadvallari eski holicha qolib ketgan. SHuningdek, ko'p klublar xavfsizlik bo'yicha oficer lavozimini shunchaki zarur bo'lgani uchun ochib qo'yishgan. SHtatdagi odam klubga deyarli kelmaydi, o'yinlar bo'lib o'tganidan bexabar qolib ketadi. Licenziyalash bo'yicha menejerlik esa bazi joylarda matbuot kotibi zimmasiga yuklatiladi. SHu bois ham matbuot kotiblari hali qarasang u yoqqa, hali bu yoqqa qo'lda bir pachka qog'oz bilan yugurib qolishadi. 

Bu shunchaki barchaga tanish bo'lgan talablar xolos. Reglamentda esa hammasi ochiq va oydin ko'rsatib o'tilgan. SHunday ekan, klublar O'FFdan shaffoflik va sport tamoyillariga qarab ish tutishni so'rashdan oldin chetdan o'zlariga bir qiyo boqishsa chakki bo'lmasdi. Agar reglament bo'yicha ish tutadigan bo'lsak, oliy liganing yarim jamoasini musobaqadan olib tashlashga to'g'ri keladi va buni hech kim inkor eta olmaydi. 


Reyting: -72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика