So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Marufxon Murodov: “Muxlislar Superliga yo'llanmasini kutmoqda” Yangiliklar

Marufxon Murodov: “Muxlislar Superliga yo'llanmasini kutmoqda”

"SHo'rtan" klubi yarim himoyachisi Marufxon Murodov intervyu berdi.

- “SHo'rtan” PFK tarkibida bir necha mavsumdan buyon to'p surib kelasiz. Tajribali futbolchi sifatida aytingchi, jamoaning bu yilgi birinchilikdan ko'zlagan asosiy maqsadi nimalardan iborat?
- Malumki “SHo'rtan” jamoasi bundan oldingi yillarda ham Superliga darajasida ishtirok etib kelgan. Bundan tashqari “Oq bo'rilar” halqaro uchrashuvlarda ham o'z kuchini sinab ko'rishgan. G'uzorlik muxlislar katta futbol havosini sog'inib qolishdi. SHundan kelib chiqib “SHo'rtan” faqat yuksak marralarni ko'zlaydi, deb aytaolaman. Qolaversa, jamoamizning bosh homiysi “SHo'rtanneftgaz” MCHJ raxbariyati ham 2019 yilgi mavsumda oldimizga Superliga chiqish yo'llanmasini qulga kiritish vazafasini quygan.

- Jamoaning Superliga chiqish imkoniyati qanchalik darajada deb baholaysiz?
- Yaxshi, chunki yil boshida tarkibizni imkon darajasida malakali futbolchilar bilan mukammal shakllantirdik. Safimizda o'yinni o'z qo'liga oladigan, jamoadoshlarini oldinga boshlaydigan tajribali yigitlar ko'p. SHu bilan birga klubimiz rahbarlari va murabbiylari istedodli yoshlarga ham keng imkoniyatlar berishmoqda. Bular orasida G'uzorlik yigitlarning ko'p ekanligi quvonarli hol.

- PRO-Liga “A” guruhidagi jamoalardan qaysilari bu yil g'oliblik yo'lida “SHo'rtan”ga asosiy raqobatchi bo'lishi mumkin?
- Superligaga chiqish uchun raqobat qiladigan asosiy jamoalar “Mashal” va “Istiqlol” deb o'ylayman. Turnir jadvaliga etibor beradigan bo'lsak ham aynan biz bilan birga ushbu jamoalar peshqadamlik qilishyapti. Ular tomondan namoyish qilinayotgan o'yinlar ham tahsinga loyiq. Ayniqsa Muborakliklarning o'yinini alohida taqidlagan bo'lardim. SHu o'rinda “Mashal” bosh murabbiyi Aliqulov Asror hamda yordamchisi Qoraev Botir akalarning faoliyatini eslab o'tish joiz.

- Jamoaning Superligaga chiqishi uchun ichki imkoniyatlari qanday. Masalan shart-sharoitlar, moliyaviy ahvoli.
- Tajribali murabbiy, ustozimiz Sergey Kovshov qo'l ostida o'tadigan mashg'ulotlardan ko'nglimiz to'lyapti. SHart-sharoitimiz va moliyaviy ahvolimiz to'g'risida to'xtalganimizda Bosh homiymiz barcha zarur imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Bu esa Superligaga chiqishimizda yuz foiz talabga javob beradi. Bizdan bir jamoa bo'lib, istak sari ozgina ter to'kib mashaqqatli mehnat qilish talab etiladi.

O'ylaymanki, klubimiz rahbariyatining oldimizga qo'ygan vazifasini va muxlislarimiz niyatini amalga oshiramiz.


“SHo'rtan” PFK matbuot bo'limi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика