So’nggi yangiliklar

07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  0 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  1 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  6 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  11 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  21 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2

Marufjon Abdisalomov: “Qo'limizda besh yilga mo'ljallangan istiqbolli dastur bor” Yangiliklar

Marufjon Abdisalomov: “Qo'limizda besh yilga mo'ljallangan istiqbolli dastur bor”

“Andijon” jamoasi uchun joriy yilgi mavsum juda omadsiz yakunlandi. “Burgutlar” chempionatni juda bo'sh o'tkazishgan holda birinchi ligaga tushib ketishdi.

Mavsum davomida jamoada ko'plab o'zgarishlar ro'y berdi. Dastlab Baxtiyor Ashurmatov andijonliklarga boshchilik qildi. Keyinchalik boshqaruv Orif Mamatkazinga topshirildi. Lekin bu murabbiy ham vaziyatni o'zgartira olmadi. SHundan keyin so'nggi turlarda klub bosh direktori Maruf Abdisalomov futbolchilarni o'zi maydonga olib tushdi. Abdisalomov boshchilik qilgan paytda “Andijon” birorta uchrashuvda yutqazgani yo'q. Ammo, shunga qaramay, jamoa baribir oliy ligada o'z o'rnini saqlab qola olmadi. Bundan bir necha kun ilgari Andijonda o'ynagan moldoviyalik Andrey Bugnyakning klub to'g'risida bildirgan fikrlari elon qilindi. Biz mana shu masala hamda chempionat yakuniga ko'ra oliy ligani tark etgan jamoa bilan nima uchun bunday bo'lgani, klubning keyingi rejalari borasida klub bosh direktori o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

CHEMPIONATDAGI OMADSIZLIK HAQIDA
- Nihoyasiga etgan mavsum to'g'risida nima deyishim mumkin? Biz uchun umuman kutilmagan mavsum bo'ldi. Afsuski, muxlislar ishonchini oqlay olmadik. Albatta, bunday bo'lishida barchamizning aybimiz bor. CHempionatning so'nggi turlarida oliy ligada qolish uchun astoydil kurash olib bordik. Biroq omad bizdan yuz o'girdi. Men mavsum avvalida ishonch bildirgan ayrim insonlar ishonchimni oqlashmadi. To'g'ri, shunday bo'lib qolgani uchun muxlislarimiz oldida afsusdamiz. Hech bir jamoa oliy ligadan tushib ketamiz, deb chempionatda ishtirok etmaydi. Biz ham astoydil harakat qildik. Kuchlilar safida qolish uchun bizda so'nggi turgacha umid bor edi. Ammo bu imkoniyatdan foydalana olmadik. Omad kelmasa qiyin ekan. Lekin bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Muvaffaqiyatsizlikdan kerakli xulosalarni chiqargan holda ishlashda davom etamiz. 


BUGNYAKNING FIKRLARIGA MUNOSABATI TO'G'RISIDA
-Andrey Bugnyakning OAVga bergan intervyusini men ham o'qidim. To'g'risi, uning gaplari mutloqo asossiz. Bugnyak safardagi uchrashuvlarda o'zimizning hisobimizdan ovqatlanganmiz, degan gaplarni aytgan. Bunday bo'lishi mumkin emas. Uning fikrlarini aqlga sig'dirish qiyin. CHunki professional klubda bunday holatlarga aslo yo'l qo'yilmaydi. Bugnyak buni qaerdan o'ylab topgan ekan hayronman. Undan tashqari, u jamoada pullarim ham qolib ketdi, endi ololmasam kerak degan gaplarni ham aytgan. Vaholanki, uning o'zi oilaviy sabablar tufayli uyiga ketishini malum qildi va klubdagi hech kimni ogohlantirmasdan uyiga ketib qoldi. Jamoani tark etgan kuniga qadar Andrey bilan to'la hisob-kitob qilingan. Agar uni jamoada puli qolib ketganda, tegishli joylarga xat yozar edi. To'g'ri, yil davomida o'ziga yarasha moliyaviy qiyinchiliklar ham bo'ldi. SHunga qaramay, imkon qadar futbolchilarning maoshlarini berib borishga harakat qildik. Ayni paytda futbolchilar bilan hisob-kitob ishlarini yakunlash borasida ish olib boryapmiz. Bu borada shuni qo'shimcha qilmoqchiman, yil davomida jamoaning 2013, 2014, 2015 yilgi mavsumlar uchun futbolchilardan qolgan qarzlarini ham to'ladik. Yil boshida homiylar tomonidan belgilangan smetada esa eski qarzlarni to'lash borasida hech qanday band yo'q edi. Ishonch bilan ayta olaman, bu yilgi mavsum uchun ham futbolchilar va klub xodimlari bilan to'liq-hisob kitob qilamiz. Hech kimdan qarz bo'lib qolmaymiz. Bunga jamoamizning imkoniyati etarli.   

KLUBDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR XUSUSIDA
- SHuni aytishim kerakki, “Andijon”ga bir yoki ikki yillik jamoa tashkil etish maqsadida kelmaganmiz. Uzoqni ko'zlagan holda ishga kirishganmiz. Qo'limizda besh yilga mo'ljallangan istiqbolli dastur bor. Bu yo'lda joriy yil ayrim ishlarni ham amalga oshirdik. Xususan, oziq-ovqat bazasini tashkil qildik. Undan tashqari, yuvish-tozalash maxsulotlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydik. SHuningdek, 2017 yilda ichimlik suvi, salfetka mahsulotlari ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'yishni rejalashtirganmiz. Bu borada olib borilayotgan barcha ishlarimiz “Andijon” futbol klubini rivojlantirishga qaratilgan. Maqsadimiz faqat homiylar berayotgan pulga qarab qolmasdan, o'z xarajatlarini qoplay oladigan jamoa tuzishdan iborat. Aynan mana shu ish ustida kechayu-kunduz tinim bilmay mehnat qilmoqdamiz. Yuqorida aytib o'tdim, bu borada dastlabki qadamlarni ham tashlab bo'ldik. O'ylaymanki, keyingi yillarda klubimizda marketing tizimi ham samarali faoliyat olib borishni boshlaydi. 


JAMOANING KELAJAGI HAQIDA
-Ochig'ini aytsam, kelasi mavsumni birinchi ligada o'tkazamiz yoki kuchlilar safida qolishimiz ham mumkin deb aytishim qiyin. Agar oliy ligada qolsak, shuni ishonch bilan ayta olamanki, muxlislar umuman boshqacha “Andijon”ni ko'rishadi. Birinchi ligada o'ynaydigan bo'lsak ham hammasini boshidan boshlaymiz. Birinchi navbatda mahalliy yosh futbolchilarga etiborni oshirgan holda bir yilning o'zida kuchlilar safiga qaytishga harakat qilamiz. Bu yilgi mavsumda ham Salohiddin Salohiddinov, Abror Komilov, Alisher Abduvohidov, Jahongir Maqsudov, Artur Mamatkazin singari yoshlarga ishonch bildirdik va ular oliy ligada debyut qilishdi. Yoshlar bilan 2018 yilgacha mo'ljallangan shartnomalar imzolaganmiz. Safimizda to'p surgan ayrim o'yinchilar bilan esa shartnomalar nihoyasiga etdi. Agar kimda-kim “Andijon”da o'ynashni xohlasa va mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatsa jamoaga taklif qilamiz. SHu o'rinda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan futbol maktablari bilan uzviy aloqalarni yo'lga qo'yganimizni ham aytib o'tishim kerak. Bu yil bir necha bor futbol maktablariga murabbiy va o'yinchilarimiz tashrif buyurib, master-klasslar, yosh futbolchilar bilan uchrashuvlar o'tkazishdi. Bolalar o'rtasidagi bir qator turnirlarni murabbiylarimiz kuzatib borishdi. SHu bilan birga klubimiz qoshidagi futbol maktablarimizga ham etiborni kuchaytiramiz. Futbol maktabimizdagi murabbiylarni “Rostov” va “Krasnodar” klublarida malakalarini oshirib qaytishlari uchun Rossiyaga yuborishni rejalashtirganmiz. Bundan tashqari, yangi yilgacha o'zim Portugaliyaning “Portu”, “Sporting” hamda Rossiyaning “Krasnodar” va “Rostov” jamoalariga tashrif buyurib, o'zaro hamkorlik borasida shartnomalar tuzib kelmoqchiman. Umuman olib aytganda, kelgusi 2-3 yilda “Andijon” klubida yoshlarga etibor yanada yaxshi bo'ladi. SHu bilan birga jamoamiz negizini mahalliy o'yinchilar tashkil qiladi. CHunki oldimizga jamoamiz negizining 70-80 foizini mahalliy o'yinchilar tashkil etishini maqsad qilib qo'yganmiz.


Bobur TURSUNOV yozib oldi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика