Martines: "Makgidi - maydondagi sehrgar, uning qaytganidan xursandman"
20 may 2015 14:47
Yangiliklar


Martines: "Makgidi - maydondagi sehrgar, uning qaytganidan xursandman"
"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa yarim himoyachisi Eyden Makgidi safga qaytganidan mamnun ekanligini takidladi.
Makgidi jarohat tufayli 31 yanvardan 9 maygacha maydonga tushmadi.
"Makgidining o'yinida sehrli elementlar bor, u birga-bir aldashni uddalaydi, bu qanot futbolchisi uchun juda muhim. Men uchun raqib himoyasini yorib o'ta oladigan futbolchidan yaxshirog'i yo'q. Makgidi shanba maydonga chiqqanda juda xavfli o'ynadi. U tayyordek ko'rindi.
Makgidiga bu mavsum juda qiyin bo'ldi, chunki u jarohatlar bilan kurashdi. Uni jangga tayyor sifatida ko'rish - haqiqiy rohat. Biz unga o'z holatiga qaytishi uchun yordam berishimiz kerak" - deydi Martines.

Fikrlar