Martines "Inter" bilan shartnomani uzaytirish haqida: "Men klubda baxtliman, muzokaralar ketmoqda"
31 jan 2021 13:18
Yangiliklar


Martines "Inter" bilan shartnomani uzaytirish haqida: "Men klubda baxtliman, muzokaralar ketmoqda"
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Benevento" (4:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi taymda bizga qiyin bo'ldi. "Benevento" avtogolga qadar zo'r o'ynadi, ammo biz shundan so'ng tashabbusni o'z qo'limizga oldik va maydonda ustunlik qildik.
SHartnomani uzaytirish? Men "Inter"da baxtliman, agentlar muzokaralar olib borishmoqda, klub va murabbiy menga ishonadi, hammasini kelishsa bo'ladi", - deydi Martines.
"Inter" 20 turdan so'ng Italiya chempionati jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
17:10
Lautaro bilan Chalxanog'lu o'rtasidagi nizo tufayli "Inter"da favqulodda yig'ilish bo'lib o'tdi 4

Fikrlar