Martines: “Braziliyani hurmat qilamiz, ammo...”
05 iyu 2018 23:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/441814_original.jpg)
![](/upload/storage/441814_220.jpg)
Martines: “Braziliyani hurmat qilamiz, ammo...”
Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines JCH-2018 chorak finalida Braziyaliyaga qarshi uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
“Braziliya favorit. Lekin biz braziliyaliklardan qo'rqqanimiz uchun ularni favorit deb atamaymiz. Belgiya hech qachon jahon chempionatini yutmagan, braziliyaliklar esa bu ishni bir necha marotaba amalga oshirishgan.
Raqibni hurmat qilamiz, ular betakror tarkibga ega. Ammo biz g'alaba qozonishni istaymiz”, deya Martinesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda FIFA matbuot xizmati.
Braziliya-Belgiya uchrashuvi ertaga, 6 iyul kuni soat 23:00 da “Qozon Arena”da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
11:26
O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi 4
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar