Martin Demichelis: Umid qilamanki, g'alaba qozonishda davom etamiz
03 mar 2014 09:02
Yangiliklar


Martin Demichelis: Umid qilamanki, g'alaba qozonishda davom etamiz
Manchester Siti himoyachisi Martin Demichelis Liga kubogidagi Sanderlend ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugun biz maqsadlarimizdan biriga erishdik. Buning uchun judayam hursandmiz. Ushbu g'alaba – klubda ish to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolat beradi. Umid qilamanki, g'alaba qozonishda davom etamiz.
“Sanderlend” ustidan g'alaba qozonish oson bo'lmasligini bilardik. U jamoa “CHelsi” va “MYU” ni ushbu turnirdan chiqarib yuborgan.
O'yinda ajoyib gollar kiritildi. Asosiysi esa biz g'alaba qozondik”, - deb aytib o'tdi argentinalik futbolchi.

Fikrlar