Mart oyining "Eng yaxshi hakami" nomi kimga nasib etadi?
04 apr 2024 13:30
Yangiliklar
Mart oyining "Eng yaxshi hakami" nomi kimga nasib etadi?
Bunda oy davomida uchrashuvlarda eng kam xato qilgan hamda nazoratchi tomonidan yuqori ball olgan hakamlar nomzod sifatida tanlab olinadi. So'nggi mavsum davomida oyning eng yaxshilarini aniqlashda Markaz O'zPFL musobaqalarini muntazam kuzatib boradigan neytral shaxslar ro'yxatini tuzib chiqdi hamda ovoz berishda ularning yordamidan foydalanib keldi.
Oyning eng yaxshi hakami futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, jumladan, sharhlovchi, jurnalist va murabbiylar tomonidan aniqlab olinishi rejalashtirilgan.
Demak, mart oyining eng yaxshi hakami bo'lish nomzodlar bilan tanishing:
— Rustam Lutfullin;
— G'ayrat Jo'raev;
— Asker Najafaliev.

Quyida ularning ushbu oy davomida boshqargan uchrashuvlari malumotlari bilan tanishishingiz mumkin.
1. Rustam Lutfullin.
— Superliga 1-tur: “Bunyodkor” – “Qizilqum” (1:3);
— Superliga 3-tur: “Lokomotiv” – “Paxtakor” (3:0);
SHuningdek, u OKMK – “Andijon”, “Dinamo” – “Neftchi”, “Surxon” – “Andijon”, “Dinamo” – “Metallurg”, “Qizilqum” – “Lokomotiv” bahslarida VAR hakami sifatida ishlagan.
2. G'ayrat Jo'raev.
— Superliga 1-tur: OKMK – “Andijon” (0:0);
— Superliga 3-tur: “Neftchi” – “Metallurg” (1:0);
— Pro liga 3-tur: “SHo'rtan” – “Do'stlik” (2:0).
3. Asker Najafaliev.
— Superliga 1-tur: “So'g'diyona” – “Neftchi” (1:2);
— Superliga 3-tur: “Surxon” – “Andijon” (2:3);
SHuningdek, u “Paxtakor” – “Nasaf”, OKMK – “Dinamo”, “Paxtakor” – “So'g'diyona” uchrashuvlarida VAR hakami sifatida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Хетафе"га мағлуб бўлиб, чемпионлик пойгасида "Барселона"ни ўзидан узоқлаштирди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Роналду оиласи билан бирга Саудия Арабистонини тарк этди
Мухлислар ташрифи. Энг кам мухлис "Локомотив"да, энг кўпи эса...
Fikrlar