Marsyal va Bayi yanvarda jamoadan ketmoqchi, ammo klub ularni qo'yib yubormayapti
21 jan 2022 23:52
Yangiliklar
Marsyal va Bayi yanvarda jamoadan ketmoqchi, ammo klub ularni qo'yib yubormayapti
Himoyachi Erik Bayi hamda hujumchi Antoni Marsyal yanvarda "Manchester Yunayted"dan ketishni istamoqda.
Ikkala futbolchi ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Ammo ularning boshqa klubga to'laqonli o'tib ketishi so'roq ostida.
ESPN nashrining yozishicha, MYU ushbu futbolchilar borasidagi faqatgina ijara asosida bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqadi. Undan tashqari, ijarachi klub ularning maoshini to'liq qoplab berishi ham kerak bo'ladi.
Bunga qadar "Sevilya" Marsyal borasidagi bunday taklifga rad javobini bergandi. Bunga sabab sifatida "Manchester Yunayted"ning katta mablag' so'ragani aytilgandi.
"Milan" esa Bayini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishga tayyor turibdi. Ammo klubning moliyaviy holati uning maoshini to'lashga bo'lgan imkoniyati past baholanmoqda.
Fikrlar