Marsyal Mourino bilan munosabatlari qanday ekanini malum qildi +FOTO
21 okt 2018 15:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459080_original.jpg)
![](/upload/storage/459080_220.jpg)
Marsyal Mourino bilan munosabatlari qanday ekanini malum qildi +FOTO
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Antoni Marsyal jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari yaxshi ekanligini aytib o'tdi.
"Men va Mourino o'rtasida hech qanday yomon munosabat yo'q. Men unga murabbiyim kabi murojaat etaman va bu shundayligicha qolishiga umid qilaman.
"Manchester Yunayted"da yomon natijalar ko'p bo'ldi, biroq biz juda ko'p ishladik. Jamoa juda ham yaxshi. Seshanba kuni "Yuventus"ga qarshi yana shunday yaxshi o'yin o'tkazishimiz kerak.
"CHelsi"ga qarshi o'yin natijasidan xafaman. G'alabaga loyiq edik. Ammo uchrashuv oxirida o'tkazib yuborilgan gol bizga qimmatga tushdi", - dedi Marsyal.
Mana bu rasmdan esa ularning qanday munosabatda ekanini bilib olsa bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar