Marselo: "Faoliyatimni "Real"da tugatmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
5 dek 2014, 07:29
"Real" himoyachisi Marselo o'zining Facebook sahifasida "Qirollik klubi" bilan o'tgan yoqimli onlarni esga oldi.
"Real" futbolchisi ekanimdan baxtliman va faoliyatimni shu yerda tugatmoqchiman. Bu klub bilan ko'p yaxshi xotiralarim bor. Chempionlar ligasidagi g'olibligimizni alohida ko'rsatmoqchiman. Ammo ayni damda barcha g'alabalar biz uchun muhim.
Xar bir gol men uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi, ammo eng asosiy golimni Chempionlar ligasi finalida urganman. "Real" futbolkasini kiyganingizda siz barcha sovrinlar uchun kurashishga majbursiz. Futbolchilar muxlislarga xursandchilik ulashishni xohlaydi - bu bizning asosiy maqsadimiz.
Kim tezroq deysizmi? Krishtianu Ronaldu yoki Garet Beyl? Men!" - deb xazillashadi futbolchi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com