So’nggi yangiliklar

15:41Викарио қанчага сафдан чиққани маълум — клуб қишда "бозорга чиқади"  0 15:07"Кристал Пэлас" "Ювентус" қизиқаётган Эзенинг нархини белгилади  1 14:42"Реал" АПЛдан марказий ҳимоячи сотиб олмоқчи  0 14:15"Ливерпуль" "Лион" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  5 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  2 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  12 11:35Луис Энрикенинг шахсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  2 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  1 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  5 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  1

Moziy yulduzlari: “Marsellik afsungar” Yangiliklar

Moziy yulduzlari: “Marsellik afsungar”

O'tmishda o'zining ajoyib o'yinlari bilan nom qozongan futbolichlar bisyor va ular o'z iqtidorlari bilan millionlar o'yiniga o'zgacha joziba olib kira olganlar.

Biz ularni tarixda qolgan takrorlanmas faoliyati bilan hamisha yod olamiz, o'yinlarini sog'inamiz va entikish bilan eslaymiz. Bugun siz aziz muxlislarga betakror istedod sohibi, tug'ma qobilyat egasi va moziy yulduzi Zayniddin Zidanning bebaho faoliyati haqida hikoya qilamiz. Mazkur rukninmizning qahramoni dunyo va azim Farang yurtida shuhrat qozongan arab o'g'lonidir. 


Millionlar o'yiniga ilk qadamlar

Zayniddin Yazid Zidan 1972 yil 23 iyunda Marsel shahrining La Castellane  tumanida oddiy ishchi oilasida dunyoga keldi. Zidanlar oilasi badavlat bo'lmagan etnik jazoirlik bo'lib, asosan sodda turmush tarzini maqul ko'rardi.  Qahramonimiz esa bolalik davrlarida tijorat bilan shug'ullanishni orzu qilardi. SHuningdek, bo'sh vaqtlarida dzyudo to'garagiga qatnar, Marsel ko'chalarida skeytbord va velosipedda sayr qilishni hush ko'rardi. Millionlar o'yiniga ishtiyoq esa maktab davrlaridan boshlanadi. O'sha yillarda yosh Zayniddin tengqurlari bilan ko'cha changitib to'p tepar va mahalliy “Sen-Anri” klubida futbolning sir-  asrorlarini o'rganishga harakat qilardi. 14 yoshida Zidanning o'yinlari skautlar etiborini tortadi va uni o'yinlarini jiddiy kuzata boshlashadi. “Kann” klubi mutasaddilari Zizuning o'yini ko'rish uchun La Castellanega bir necha bor tashrif buyurishadi va yakunda bo'lajak futbol qiroli bilan dastlabki professional shartnoma imzolashadi. So'lim Marsel iqlimida o'sgan Zizu kurort shahar hisoblangan Kannda biroz muddat qiynaldi. CHunki, u birinchi bor oilasidan yiroqda mustaqil xayotga qadam qo'ygandi. Keyinchalik vaziyat o'zgaradi, u o'zini qo'lga olib, “Kann” safida ajoyib o'yinlar namoyish etgan holda, o'zini ko'rsata oldi va  16 yoshida klubning asosiy tarkibiga jalb etildi.


Yulduzli faoliyatning ibtidosi

“Kann” safida o'rinbosarlar tarkibidagi o'yinlari bilan o'zini har tomonlama ko'rsata olgan Zizu 1989 yil 20 may sanasida Franciya Birinchi divizionida o'zining debyutini nishonladi. Biroq, kannliklar o'sha vaqtlarda ichki birinchilik autsayder jamoalari safida yurar, ligada jon saqlash uchun kurashar edi. Zizu jamoasiga har qancha yordam berishga xarakat qilmasin “Kann” quyi ligaga ravona bo'ladi. Bu orada yuqori liga azosi “Bordo” Zayniddinning xizmatlariga extiyoj bildiradi va qahramonimiz 20 yoshida mazkur klub safiga borib qo'shiladi. O'sha davrlardagi bordoliklar ustozi Rollan Kurbis Zayniddinga keragidan ortiq imkoniyatlar taqdim etdi va Zizu o'zining yulduzli faoliyatining ibtidosini Biksent Lizarazyu va Kristof Dyuggari singari yulduzlar bilan bir jamoada boshladi hamda birinchi mavsumning o'zidayoq raqiblar darvozasiga 10 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 1995 yilda esa jamoasi bilan “Intertoto” kubogi g'olibligini qo'lga kiritdi. “Bordo” klubi Zidan uchun ko'p narsa tortiq etdi va uning mashhur futbolchi bo'lishi uchun tramplin vazifasini o'tab, top darajadagi jamoalar safiga borib qo'shilishida o'ziga xos “koridor” bo'lib xizmat qildi. 


Bebaho faoliyatning kulminaciyasi

Keyinchalik, bordoliklar safida umumiy to'rt mavsumda 139 o'yinda maydonga chiqib, raqiblar darvozasiga 28 ta gol urishga erishgan marsellik futbol afsungari Franciyadagi faoliyati tugatib, Apenin yarimoroliga yo'l oldi. Uni yangi umidlar, yangi marralar va yulduzli damlar kutar edi. “Yuventus” bilan tuzilgan shartnoma Zizuning hayotida ajoyib sahifa ochdi va uning bebaho faoliyatida erishgan yutuqlariga sherik bo'ldi. “Zebralar”ning o'y o'yingohi “Delle Alpi” esa Zidan va turinlik ashaddiy ishqibozlarining muhabbati to'qnashgan yangi manziliga aylandi.  “Yuventus” safida ko'plab g'alabalar qo'lga kiritildi. Jumladan, 1997 va 1998 yilda Skudetto sohibi, Italiya kubogi g'olibi, UEFA superkubogi, Qitalararo kubok egasi bo'lishga erishdi. A Seriyada haqiqiy yulduz va jamoasining alishtirib bo'lmas o'yinchisi bo'la oldi. Turinda jamoadoshlari D.Desham, A.Del Pero, A.Takkinardi, J.Pesotto, CH.Ferrara, A.Perucci bilan birga orzular jamoasini tuzdi. SHuningdek, 3 bora A Seriyada eng yaxshi xorijlik futbolchisi, 2001 yilda esa liganing eng yaxshi futbolchisi bo'lishga erishdi. 

2001 yilning yozida “qirollik” klubi 75 million evrolik rekord summa evaziga qahramonimizning transferini elon qildi. Zidanning Piriney yarimoroliga tashrifi klub muhlislarini behad hursand qildi. CHunki, Madridda haqiqiy “galaktikos” shakllangandi. Visente Del Boske boshchiligida “Real” haqiqiy yulduzlar jamoasi sifatida raqiblari qalbiga chin manoda g'ulg'ula solar edi. Albatta, tarkibida Zidan, Raul, Figu, R.Karlos, Kasilyas, Makmanaman, Guti kabi mahoratli futbolchilarni jalb qilgan jamoadan faqat va faqat oliy natijalar kutilardi. Etmaganiga mazkur yulduzli jamoaga futbol qirollari Ronaldo va Bekxemning qo'shilishi, Madriddagi “dream team”ga o'zgacha zeb berar edi. Zayniddin qirollik klubi tarkibida Ispaniya chempioni, ikki bora mamlakat kubogi g'olibi, ECHL va UEFA superkubogi sohibi va qitalararo kubok sohibi bo'lishga erishdi. 2006 yilda esa aynan madridliklar tarkibida butsalarini mixga ildi.


Terma jamoa... 

1994 yil 17 avgustda Zidan terma jamoa libosida o'zining ilk o'yinini o'tkazdi. O'sha vaqtlardagi “uchranglilar” bosh murabbiyi Eme Jake Zizuni imkoniyatlariga ishondi va uni 22 yoshidan boshlab muntazam mamlakatning bosh jamoasi safiga jalb qildi. Zidanning terma jamoa tarkibidagi birinchi xalqaro yirik turniri 1996 yilda Angliyada o'tgan Evropa chempionati bo'ldi. Zizu terma jamoasi bilan yarim finalga qadar etib bordi va “to'rtlik” bahsida CHexiya termasiga lotoreyalar seriyasida mag'lubiyatga uchradi. Oradan ikki yil o'tib, o'z mamlakati mezbonlik qilgan Jahon chempionatida francuzlar tarkibida haqiqiy yulduz bo'lishga erishdi. D.Desham sardorligidagi jamoa o'zining haqiqiy kuchini ko'rsata oldi va yakunda jahon chempioni degan yuksak unvonni qo'lga kirtidi. Garchi, qahramonimiz guruh bahsida S.Arabiston terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda raqib o'yinchisiga qasddan jaroxat etkazib, qizil kartochka bilan “siylangan” bo'lsa ham, hal qiluvchi o'yinlarda o'zini ko'rsata oldi. Ayniqsa, final bahsida raqib darvozasini ikki bora aniq nishonga olib, mundial g'olibi sifatida kubokni boshi uzra baland ko'tardi.  2000 yilda Gollandiya va Belgiya yashil maydonlarida o'tgan navbatdagi qita birinchiligida terma jamoa safida o'zining ajoyib o'yinlari bilan barchaning oliqishiga sazovor bo'lishga erishdi. Qita chempionatining chorak finalida Ispaniyaga va yarim finalda Portugaliyaga kechgan uchrashuvlarda u tomonidan kiritilgan gollar hisobiga yakunda “uchranglilar” Evropa chempioni bo'lishga erishdi. Afsuski, keyingi musobaqalarda Franciya terma jamoasidan ochiqchasiga omad yuz o'gira boshladi. 2002 yilgi Osiyo maydonlarida bo'lgan mundialda “uchranglilar” guruhdan qolib ketgan bo'lsa, 2004 yildagi qita birinchiligi chorak finalida Greciya qarshiligini enga olmadi. Zizu faoliyatining so'nggi yilida terma jamoa sardori sifatida Germaniya maydonlarida bo'lgan jahon birinchiligiga tashrif buyurdi. Francuzlar guruh bahslaridan amallab pley-off bahslariga o'tib oldi va finalgacha bo'lgan uchrashuvlarda Ispaniya, Braziliya va Portugaliya terma jamoalarini uylariga kuzatib qo'ydi. Hal qiluvchi final bahsida Italiyaga qarshi bo'lib o'tgan drammatik o'yinda birinchi bo'lib aynan Zizu bahsning 7-daqiqasida o'n bir metrlik nuqtadan to'pni aniq yo'llab hisobni ochadi. “Moviy Gvardiya”ning asosiy himoyachisi Materacci 19-daqiqada muvozanatni tiklaydi va aynan mazkur ikki o'yinchi uchrashuvning asosiy “qahramonlari” bo'lishdi. O'yining asosiy taymlarida hisob o'zgarmadi va argentinalik hakam Orasio Elisondo jamoalarni qo'yshimcha ikkita bahsga taklif etdi. Hammasi o'shanda boshlandi... 110-daqiqa o'tib borayotganda francuzlar raqibga hujum uyushtirishadi, italiyaliklar mazkur hujumga qarshi mudofaada ishonchli o'ynashadi, hujum rivojlanmaydi va bahs maydon markaziga qaytadi. Barchaning nigohi maydon ”ekvatori”ga qaralgan bir vaqtda italiyaliklar jarima maydoni oldida himoyachi Materacci jarohat olgan misol yotardi. Uchrashuv hakami darhol vaziyatga aralashadi va yon hakam bilan maslahatlashgandan so'ng Zidanni oldiga kelib, unga qizil kartochka ko'rsatadi. Hamma hayron! Ammo, takroriy vaziyat shuni ko'rsatdiki, Zizu haqiqatdan ham italiyalik himoyachiga qarshi jiddiy va kechirib bo'lmas xarakat qilgan. Voqealar rivoji yakunda lotoreyalar seriyasigacha davom etdi va unda “Moviy Gvardiya”ning qo'li baland keldi. Zidan esa terma jamoadagi so'nggi bahsini shu tarzda yakunladi. Keyinchalik, Zidan va Materacci “voqeasi” odamlar og'zidan tushmadi. O'sha rakursga bag'ishlab, turli hazillar o'ylab topildi, karikaturalar chizildi, maqolalar yozildi, filmlar olindi va hattoki jazoirlik ijod sohibi Odil Abdussamed tomonidan bronzadan haykal ham yasaldi. Zidan nima uchun italiyalik himoyachiga “kalla qo'ygani” haqida ko'p ham gapirishni istamadi, ammo voqeaning asl sababi nima bilan bog'liq ekanligi to'g'risida so'zlab berdi. Biroq, bu endi umuman boshqa mavzu.


Erishgan natijalari:

Futbolchi sifatida:

“Oltin to'p” sohibi (1998)

Jahon chempionatining eng yaxshi o'yinchisi (2006)

A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi (1997, 2000, 2001)

Franciyaning “yil futbolchisi” (1998, 2002)

“Intertoto” kubogi g'olibi

A Seriya va La-liga chempioni

Ispaniya superkubogi sohibi

ECHL g'olibi

UEFA superkubogi sohibi

Qitalararo kubok sohibi

Jahon chempioni

Evropa chempioni


Murabbiy sifatida:


La-liga chempioni

Ispaniya superkubogi sohibi (2 marta)

ECHL g'olibi (3 marta)

UEFA superkubogi sohibi (2 marta)

Klublar o'rtasida jahon chempioni (2 marta)


“Stadioningni direktorigayam!”

Zidanning faoliyati nazar tashlar ekanmiz, u tomonidan qo'lga kiritilgan yuksak marralar tom manoda insonni havasini keltirishiga amin bo'lamiz. Uning takrorlanmas driblinglari, sardorlik qobilyati, kuchli zarbalari, o'yinni uqishi, to'pni o'zida mohirona olib yurishlari bo'lajak futbolchilarga mahorat maktabi bo'lib xizmat qilsa ne ajab. SHuningdek, Zidanning faoliyatiga bog'liq bo'lgan bir nechta voqeliklar o'zbek futboli muhlislari kundalik xayotida yaxshi manoda o'zgacha hajviya bilan yod olinadi. Yumor o'rnida aytadigan bo'lsak, xalqimiz orasida “Zidanga o'xshab kalla qo'yma”, “Ana, Zidan kelyapti...” (“kimlar”ga nisbatan ishlatilishini tushundingiz), “Stadioningni direktorigayam!”, degan hazilomus jumlalarga ko'p bora guvoh bo'lamiz. Darhaqiqat, u haqiqiy etakchi va zamonasining tengsiz ijrochisi edi. O'zbek kulgu ustasi Xojiboy Tojiboev tabiri bilan aytganda: “CHunki, u Zayniddinda!”.


Seni unutmaymiz Zizu!

Albatta, Zidanning futbolchilik va murabbiylik faoliyatida qo'lga kiritgan natijalari tahsinga sazovordir. Uning o'yinlarini ko'rib ulg'aygan avlod vakillari, Zizuning yulduzli faoliyatini sog'inishadi va o'zgacha his-tuyg'ular ila yod olishadi. Zidan futbol uchun ko'p narsa berdi, muhlislarga olam-olam quvonch ulashdi hamda millionlar o'yini orqali ko'p sonli ishqibozlar auditoriyasi qalbidan joy oldi. Hullas, Zayniddinning yorqin futbolchilik faoliyati izohiga hojat yo'q, lekin etirofiga extiyoj bor. 


Farrux Doniyorov tayyorladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика