Marsel muxlisni tepgan Evra borasida dastlabki qarorni qabul qildi
04 noy 2017 08:11
Yangiliklar
Marsel muxlisni tepgan Evra borasida dastlabki qarorni qabul qildi
Marsel prezidenti Jak-Anri Eyro Patris Evra bilan uchrashdi hamda uni vaqtincha ishdan chetlatganini malum qildi.
Evra keyinroq yana bir uchrashuvga taklif qilinadi va shundan so'ng yakuniy qaror chiqariladi.
Marsel bayonotida Evrani haqorat qilgan muxlislar ham qidirilayotgani yozilgan. Futbolchi ularga javob bermasligi aytilgan.
Eslatib o'tamiz, Evropa ligasi 4-turidan o'rin olgan Vitoriya Gimaraeshga qarshi bahsdan olin 36 yoshli futbolchi muxlislardan birini oyog'i bilan tepdi va qizil kartochka oldi.
Evra kamida 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi aytilgandi.
Fikrlar