"Marsel" "Arsenal"dan Genduzini ijaraga olmoqchi
01 okt 2020 18:00
Yangiliklar


"Marsel" "Arsenal"dan Genduzini ijaraga olmoqchi
"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi boshqa klubga o'tishga yaqin.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli franciyalik futbolchiga "Marsel" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Olimpik" xavbekning ijarasi borasida London klubi bilan muzokaralarni boshlagan. Franciyaliklar CHempionlar ligasi oldidan o'rta chiziqni kuchaytirib olishmoqchi.
Genduzining londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi o'tgan mavsum "Arsenal" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar