“Marsel” 14 yil deganda finalga chiqdi

4 may 2018, 07:55
Fransiyaning “Marsel” jamoasi qo'shimcha daqiqalarda “Red Bull Zalcburg” darvozasiga gol urib, ikki o'yin natijasiga ko'ra, Yevropa Ligasi finaliga chiqdi.

Fransiya jamoasi uchun bu 2004 yildan beri Evrokuboklardagi uchinchi final bo'ladi. Bundan oldin “Marsel” ikki final o'yinida ham mag'lubiyatga uchragan. Shuningdek, “Marsel” Fransiya tarixida Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan yagona jamoa hisoblanadi. Marselliklar 1992/1993 yilgi mavsumda “Milan”ni 1:0 hisobida mag'lub etishgan. Oxirgi bor Fransiya jamoalari Evrokubok finalida 2003/2004 yil qatnashgan edi. O'shanda “Marsel” UEFA kubogida “Valensiya”dan mag'lubiyat qabul qilib olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru