Marotta Pogba va Morataning "Yuve"ga qaytishi haqida gapirdi

Tolibjon Qosimov
19 apr 2018, 12:42
Marotta o'yinchilar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta Pol Pogba va Alvaro Morataning qaytishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarni izohlab o'tdi. U hech nimani rad qilmadi.

"Morata va Pogba? Shaxsan o'zim ularning qaytishiga ishonmayman, lekin hamma narsa bo'lishi mumkin. Ularning har ikkisi yaxshi futbolchilar va yaxshi yigitlar. Lekin, ularning transfer narxi bizga to'g'ri kelmaydi. Pogba ketgach, biz kuchsizlandik", - dedi Marotta.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport