Marokash - JCH yarim finaliga chiqqan birinchi arab va Afrika jamoasi
10 dek 2022 22:07
Yangiliklar


Marokash - JCH yarim finaliga chiqqan birinchi arab va Afrika jamoasi
Marokash terma jamoasi Qatardagi jahon chempionati chorak finalida Portugaliyani 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvdagi yagona golni Yussuf An-Nassiri mualliflik qildi.
SHunday qilib, Marokash terma jamoasi - tarixda JCH yarim finaliga chiqqan birinchi arab va Afrika jamoasiga aylandi. Jamoa bosh murabbiyi Volid Regragi esa yarim finalda ishlaydigan birinchi afrikalik mutaxassis.
Marokashning yarim finaldagi raqibi Angliya - Franciya o'yinidan so'ng malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar