So’nggi yangiliklar

14:45"Андижон" ва Хомяков. ФИФА мураббий фойдасига қарор чиқарди  0 14:22"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?  4 13:52"Реал" январда нега ҳеч ким билан шартнома тузмагани маълум бўлди  1 13:24Бир неча юлдуз футболчи Дубайда пайдо бўлиши мумкин  2 12:57Икарди тарихий ютуққа эришди  0 12:30"Барселона" Рэшфорднинг келажаги бўйича унинг вакиллари билан алоқага чиқди  1 11:58Мюнхен фожиасига 68 йил тўлди  0 11:29Фарғонада замонавий талаблар асосида футбол академиялари барпо этилмоқда  4 10:51Фабио Каннаваро: "Ҳар бир футболчи ўзини миллий терма жамоанинг бир қисми бўлишини ҳис қилиши зарур"  7 10:20САфарда. "Нефтчи" Қирғизистон чемпионини мағлуб этган ўйинга бордик. Сайфиев ва Тўраев нималар деди?  0 09:59"Насаф"да қишки "перезагрузка": Бердиев жамоаси янги мавсумга қай даражада тайёр?   8 09:05Легионерларимиз. Шерзод Темиров Ироқ чемпионатидаги 13-голини урди, жамоаси ғалаба қозонди  1 08:35Футзал. Осиё Кубогида сенсация: Индонезия Японияни енгиб, финалга йўл олди  6 08:09"Металлург" - "Локомотив" U-21 учрашуви манзили ўзгарди  1 07:43Сияваш Ҳақназарий ОКМКга қайтди  2

Markus Reshford: “Yunayted”dagi debyutimdan faxrlanaman” Yangiliklar

Markus Reshford: “Yunayted”dagi debyutimdan faxrlanaman”

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford tobora muxlislar yoqimtoyiga aylanib bormoqda. Angliyalik yosh futbolchi klub telekanaling “Futbol va men” loyihasida savollarga javob berdi.


- Urgan gollaringizdan qay birini eng yaxshi deb hisoblaysiz?

- O'ylashimcha, 15 yoshda edim. O'shanda men va sherigim to'pni maydon markazidan o'yinga kiritdik. Keyin oldinga tashlandik. Ikki marta bir-birimizga to'p oshirdik va men darvozani aniq nishonga oldim. Zarbam oddiy chiqdi, ammo ungacha biz bosib o'tgan yo'l juda ajoyib ko'rinish olgandi.

- Stadionga tashrif buyurgan birinchi o'yiningiz qaysi bo'lgan?

- Bu “Manchester Yunayted”– “Real Madrid” uchrashuvi edi. Juda yosh bo'lganman va akam meni o'zi bilan birga olib kelgandi. Bu Ronaldo xet-trik qilgan o'sha mashhur bahs bo'lgandi. Birinchi bahsda menga omad kulib boqqan.

- “Fletcher Moss Reynjers” yoshlar jamoasida o'ynaganingizni bilamiz. Maktab jamoasi uchun maydonga tushganmisiz?

- Ha, dastlab maktab jamoasi uchun o'ynaganman. Besh yoshda edim, adashmasam. Keyin olti yoshlilar jamoasiga o'tganman. Bu ajoyib davrlar edi, chunki men bilan birga “Kryu Aleksandriya” kabi akademiyalarda shug'ullangan bolalar o'ynardi. Etti yoshimda maktab jamoasi uchun so'nggi marta maydonga tushganman. Keyin “Manchester Yunayted”ga qo'shilganim tufayli o'ynamaganman. Boshlang'ich maktabim “Batton-Leyn” bo'lgan, o'rta maktabda esa “Seyl Xay”ga qatnaganman.

- Faoliyatingizda qaysi voqeadan eng ko'p faxrlanasiz?

- “Manchester Yunayted”dagi debyutimdan.

- O'zingiz qatnashgan eng yaxshi uchrashuvni aytib bersangiz.

- O'tgan mavsumda “Siti” bilan safarda kechgan bellashuv. O'shanda men g'alaba keltirgan to'pni kiritgandim.

- Siz to'qnash kelgan eng qiyin raqib qaysi?

- Individual tarafdan “Arsenal”dagi Loran Koselni. U menga qarshi to'p tepgan himoyachilar ichida eng qiyin raqib bo'lgan.

- Futboldagi eng katta orzungiz nima?

- “Manchester Yunayted” bilan CHempionlar ligasini yutish. Bu ajoyib bo'lardi!


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика