Markus Reshford: "Manchester Yunayted" libosini kiyganimda ichida faxr, iftixor va faqatgina oldinga intilish tuyg'ulari o'tadi"
19 iyu 2023 00:12
Yangiliklar
Markus Reshford: "Manchester Yunayted" libosini kiyganimda ichida faxr, iftixor va faqatgina oldinga intilish tuyg'ulari o'tadi"
"Manchester Yunayted" bilan shartnomani uzaytirgan Markus Reshford klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
25 yoshli futbolchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
"Manchester Yunayted"ga kelganimda 5 yoshli bolakay edim. O'shandan beri "Manchester Yunayted" libosini kiyganimda ichida faxr, iftixor va faqatgina oldinga intilish tuyg'ulari o'tadi.
Ushbu klubda allaqachon ajoyib xotiralarni o'tkazdim, biroq hali erishish kerak bo'lgan narsalar juda ko'p. Yaqinlashib kelayotgan yillarda sovrinlar yutishni istayman.
Umrimni "Yunayted" muxlisi sifatida o'tkazyapman. Jamoaning eng yaxshi va eng yomon kunlarida barcha kabi birga bo'lyapman. Jamoaning yana sovrinli o'rinlarga qaytishiga yordam bermoqchiman. Hozirgi murabbiy bilan ishlash menga yoqdi", - dedi Reshford.
Fikrlar