Markus Reshford Evro-2024ga bora olmasligi mumkin
28 mar 2024 15:10
Yangiliklar
Markus Reshford Evro-2024ga bora olmasligi mumkin
Reshford Angliyaning musobaqa uchun tarkibiga kiritilmasligi mumkin. MYU forvardining sport formasi Sautgeytni ishontira olmadi.
"The Telegraph"ning xabariga ko'ra, Angliya termasi ustozi Garet Sautgeyt MYU forvardining hozirgi holatidan hayratda emas va unga Evropa chempionati qaydnomasidan joy kafolatlay olmasligi malum qildi. Evro-2024 uchun tarkibdan o'rin olish uchun Reshfordu mavsumning qolgan uchrashuvlarida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishi talab qilinadi.
Amaldagi qoidalarga ko'ra, har bir terma Evro-2024 qaydnomasiga faqatgina 23 futbolchini kirita oladi, qator murabbiylar ro'yxatni 26 futbolchiga kengaytirishni so'rashmoqda.
Angliyaning mart oyidagi ikki o'yinida Reshford bor yo'g'i 15 daqiqa harakat qildi. Bu mavsum Markus APLning 27 uchrashuvida 7 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar