Marko Stanoevich: "Al Sadd" bilan o'yinda butun O'zbekiston "Nasaf" bilan birga bo'ladi"
29 sen 2023 13:13
Yangiliklar
Marko Stanoevich: "Al Sadd" bilan o'yinda butun O'zbekiston "Nasaf" bilan birga bo'ladi"
"Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoevich "Olimpik"ka qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"G'alabali yo'lga qaytib oldik deb o'ylayman. "Olimpik" bilan oddiy o'yin bo'lmadi. Raqib safida tezkor va texnik kuchli futbolchilar bor edi. Albatta, ikkinchi davrani barqaror o'tkazishga harakat qilyapman, chunki 6 oy davomida maydonga chiqmadim. Jamoaga yordam berish ishtiyoqida maydonga tushyapman.
OCHL umuman boshqa darajadagi musobaqa. Hozir 3 ta frontda ham kurashni davom ettirmoqdamiz.
"Al Sadd" bilan o'yinda butun O'zbekiston biz bilan birga bo'ladi. Qanday raqib bilan o'ynasak ham, o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak", – deydi Marko Stanoevich.
OCHL 2-turi doirasidagi "Nasaf" – "Al Sadd" bahsi 2 oktyabr kuni 21:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar