Marko Roys: “Borussiya” ertangi bahsdan qo'rqmayapti”
18 apr 2017 23:14
Yangiliklar
Marko Roys: “Borussiya” ertangi bahsdan qo'rqmayapti”
“Borussiya”ning hujumkor yarim himoyachisi Marko Roys “Monako”ga qarshi bahs oldidan raqibdan hayiqmayotganligini aytib o'tdi.
Dortmundda o'tgan dastlabki bahsda monakoliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonishgan.
“Birinchi o'yindagi mag'lubiyatga qaramasdan, jamoalarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bir xil. Biz bunga ishonishimiz lozim.
“Borussiya” 90 daqiqa davomida yuksak safiyada o'ynay olishini bir necha marotaba isbotlagan”.
Futbolchi shuningdek o'tgan haftada Dortmundda yuz bergan portlash haqida ham to'xtaldi.
“O'sha paytda men avtobusda emas, stadionda edim. O'yinga uyimdan to'g'ri borgandim. Ertangi bahsda biz qo'rqishimiz kerak emas. O'ylaymanki, biz bahsga tayyor holda maydonga chiqamiz” dedi yarim himoyachi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar