Marko Roys: "Borussiya"da qolishga qaror qilganimdan mamnunman"
10 fev 2015 21:17
Yangiliklar


Marko Roys: "Borussiya"da qolishga qaror qilganimdan mamnunman"
Dortmundning Borussiya jamoasi futbolchisi Marko Roys klub bilan shartnomasini uzaytirganidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Borussiya"da qolishga qaror qilganimdan xursandman.
Dortmund - mening ona shahrim. "Borussiya" esa mening jamoam. Bu erda o'zimni juda yaxshi his qilaman.
Umid qilamanki, jamoa bilan muvaffaqiyatlarga erishamiz. Oldimizda ko'plab ishlar turibdi", - deydi Roys.
Eslatib o'tamiz, futbolchi va klub o'rtasidagi yangi shartnoma endilikda 2019 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar