Marko Milich: "Bizdan talab qilingan vazifani bajardik"
21 jan 2020 22:01
Yangiliklar
Marko Milich: "Bizdan talab qilingan vazifani bajardik"
O'tgan mavsumni "Qo'qon-1912" klubida o'tkazgan Marko Milich bugun Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi tarkibida OCHL saralash bosqichida "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushdi.
Bahs yakuniga etgach odatdagidek mikst-zonada o'zbekistonlik muxlislarga begona bo'lmagan futbolchi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hamma ko'rdi. Kim qanaqa o'ynadi, nimalar o'xshadi. Tanaffus paytida kiyinish xonasida murabbiyning ko'rsatmalarini tingladik. Ikkinchi bo'limda esa erkinroq o'ynab vaziyat yaratishga urindik. Raqibni to'liq o'rganib chiqqan edik.
O'ylaganlarimiz o'xshadi. "Istiqlol"da ajoyib futbolchilar va murabbiylar shtabi yig'ilgan. G'alabada barchaning hissasi katta. Keyingi bosqichda "Al Ahli" bilan qanday o'ynashimizni vaqt ko'rsatadi. Bugun maydonda bizdan talab qilingan ishni bajardik",- dedi serbiyalik futbolchi.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar