Markizio: "Yuventus"ning maqsadi - Chempionlar ligasi finaliga chiqish"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2015, 18:43
"Yuventus" yarim himoyachisi Klaudio Markizio o'z jamoasining Chempionlar ligasidagi bu yilgi maqsadlari haqida gapirib berdi.

"Biz doim g'alaba qozonishni xohlaymiz. Maqsadimiz - finalga chiqish. "Borussiya"ga qarshi o'yinlar bizning haqiqiy darajamizni ko'rsatib beradi. Biz qiyinchilik bilan guruhdan chiqdik. Birinchi maqsad keyingi bosqichga chiqish. Aynan shu narsa meni va butun jamoaning xohishi.

Yevropaning kuchli jamoalari bilan bir darajadamizmi? "Borussiya" bilan bir darajada ekanligimiz aniq. Biroz omadimiz kelsa "Real", "Chelsi", PSJ darajasiga ham yetib olamiz" - deydi Markizio.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com