Markizio: "Mourinyu va "Real"ni rad etganman"
16 okt 2020 18:23
Yangiliklar


Markizio: "Mourinyu va "Real"ni rad etganman"
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio o'z vaqtida "Inter" va "Real" klublarining taklifini rad etganini aytdi.
"Joze Mourinyu boshqargan payt "Inter" bilan aloqalar bo'lgan edi, ammo men "yo'q" deganman. Men, Totti, De Rossi yoki Maldini kabi odamlar bolalikdagi klub ranglariga sodiq qolamiz.
"Real" ham meni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan deb o'ylayman. Men 21 yosh edim va endigina "Yuventus"ning bosh jamoasidagi faoliyatimni boshlagandim va o'sha paytda Fabio Kapello boshqargan "Real" meni jamoalarida ko'rishmoqchi bo'lishgan.
Men buni rad etganman, chunki men o'zimning sevimli jamoamda, ota-onamning ko'zlari oldida va o'z shahrimda o'ynashni xohlaganman", - deydi Markizio.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar