Markinos: "Bo'lajak o'yinga jiddiy yondashish kerak"
26 noy 2019 02:09
Yangiliklar


Markinos: "Bo'lajak o'yinga jiddiy yondashish kerak"
"Pari Sen-Jermen" klubi himoyachisi Markinos "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men murabbiy tanlagan taktika va uning maslahatlariga amal qilishga tayyorman. Buning uchun bor kuchimni ishga solaman. Bo'lajak o'yinga jiddiy yondashishimiz kerak. Bu mavsum har bir uchrashuvda barqaror o'ynashga harakat qilyapmiz.
Keylor Navas - ajoyib darvozabon va jamoamizning muhim bo'lagi. Kilian Mbappe esa javobgarlikni o'z zimmasiga olgan o'yinchi. Biz u bilan bir jamoada ekanimizdan mamnunmiz. Bu bizning omadimiz", - deydi braziliyalik himoyachi UEFA rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar