Markinos "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
09 apr 2021 12:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630035_original.jpg)
![](/upload/storage/630035_220.jpg)
Markinos "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
PSJ himoyachisi Markinos CHL 1/4 final "Bavariya"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi ilk o'yinda jarohat oldi va birinchi taymning o'rtalarida maydonni tark etdi. O'yinchining agenti Markinosning javob o'yinida ishtirok etish imkoniyatlarini past baholadi.
Eslatib o'tamiz, Myunxenda o'tkazilgan ilk o'yinda "Pari Sen-Jermen" 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
26 yoshli futbolchi joriy mavsum Franciya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar