So’nggi yangiliklar

18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  0 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  0 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  13 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   16 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  5 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  7 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  20 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  7

Marketing Yangiliklar

Marketing

Yuventus dunyo futboli tarixida eng qimmatbaho xaridga qo'l urdi - Napolidan Gonsalo Iguainni sotib oldi. Ozgina pulga emas, naqd 90 million evroga.

Turinliklarning xaridi etiborsiz qolmadi, albatta. SHuncha pul sarflanadi-yu, etiborsiz qoladimi? Har tomondan turli fikrlar bildirildi. Tabiiyki, ular orasida maqullovchi gapdan ko'ra, qarshi chiqadigani ko'proq. Axir shuncha pul-a! Hozir hamma Yuventusni gapirmoqda - muxlislar, jurnalistlar, murabbiylar, mutaxassislar... Xo'sh, turinliklar tutgan yo'l to'g'rimi?

Bu o'rinda, eng avvalo, takidlab o'tish lozim, klub hozirdanoq o'z oldiga qo'ygan maqsadning bir qismiga erishib bo'ldi - hammaning tiliga tushdi. Hozir butun dunyoda Yuventus ovoza. Nafsilamrini aytadigan bo'lsak, asl maqsad ham shu edi. Mayli-da, bu fikrlarning aksariyati salbiy ruhda bo'lsa ham, muhimi - Yuve hozir trendda. Yani, bosh mavzuda. Xo'sh, bu shov-shuvlar turinliklarga nima uchun kerak bo'lib qoldi?

Gap shundaki, dunyo futboli yil o'tgani sari rivojlanmoqda va borgan sari oddiy sport turidan ko'ra ko'proq shou-biznesning bir qismiga aylanyapti. Zamonaviy futbolda 90 daqiqa yashil maydonda to'p surish bilan ish bitmaydi, yana klub targ'ibotini ham qoyillatib qo'yish kerak. Yulduzlar hayotining har soniyasiga qiziqish bor. Bu esa klub uchun katta reklama va homiylik shartnomasi deganidir. Gonsalo Iguain qimmat narxga sotib olingach, uning yulduzlik maqomi ham shuncha qiymatda oshdi. Oqibatda unga ham, Yuventusga ham qiziqish bir necha barobar ko'tarildi. Bunday xarid reklama shartnomalaridan tashqari translyaciya, chipta va futbolkalar savdosini ham ancha jonlantiradi. Yuventus nafaqat Italiya yoki Evropada, balki butun dunyoda brend bo'lgan klubdir. Mana shu maqomni ushlab turish uchun klub keng ko'lamda ishlarni amaga oshirishi shart. Futbol olamida aynan shu narsa marketing deb ataladi. Ishoning, Gonsalo Iguain 10 million emas,  94 millionga sotib olinganda ko'proq foyda keltiradi. Real, Barselona, Manchester Yunayted va CHelsi kabi klublar aynan shundan pul qiladilar.

O'zbek klublari esa barchasi bir bo'lsa ham 94 million evroga futbolchi sotib olishi amrimahol. Nimaga deysizmi? CHunki ular shuncha pul ishlab topa olmaydilar. Agar vaziyat shu zayl davom etsa, albatta...

Futbol - go'yo bir sanoat. Unga ham investiciya kerak, biznes-reja darkor. Afsuski, bizda oliy liga shunchaki o'tkazilishi lozim bo'lgan majburiy musobaqaga o'xshaydi, transferlar haqida aniq fikr bildirish qiyin. SHu sababli ham yigirma yil oldingi oliy liga bilan hozirgisi o'rtasida hech qanday farq yo'q. Yana yigirma yil o'tsa ham ahvol o'zgarmasa kerak.

Faqat bir istisno - 10 yil oldingi Quruvchi. Mana shu klub haqida gap ketganda, ovozimimiz pardasini biroz o'zgartirishga to'g'ri keladi. CHunki Quruvchi tashkil topgani hamono o'zgacha yo'nalishdagi ishi bilan ko'zga tashlangandi. Hozirga qadar ham TV orqali reklama qilingan yagona klub - Quruvchi  bo'lib turibdi. Tan olish lozim, oxirgi marta o'zbek futboliga o'zgacha havoni aynan shu klub olib kirdi. Boshqa hech bir klub Eto~Oni shunchaki piar uchun chaqirmadi yoki Rivaldo, Ziko va Skolari bilan shartnoma imzolamadi. O'shanda bizga bu ishlar ortiqchadek tuyulgandi, ammo vaqt o'tgani sari Quruvchi olib borgan ishlar ko'lamini yanada ko'proq his qilib boryapmiz. CHunki marketing qanaqa bo'lishini faqat o'shanda ko'rgan ekanmiz. Quruvchi darhaqiqat muxlislar uchun ishlar edi. Ammo hozirgi Bunyodkor haqida bunday gaplarni aytish juda qiyin. U ham hozir boshqalar singari oddiy klubga aylanib qolgan. Buni quyidagi statistika ham ko'rsatib turadi.

Oliy liga birinchi davrasida muxlislarning stadionga tashrifiga nazar tashlasangiz, g'alati faktga ko'zingiz tushadi. Agar bu borada musobaqa jadvali tuzadigan bo'lsak, kuchli uchlikni egallab turgan klublar yaqqol autsayderga aylanadilar. Qiziq, ammo muxlislar bilan ishlash borasida eng yomon natija Lokomotivga tegishli - birinchi davrada temiryo'lchilarning har bir o'yiniga o'rtacha 1341 nafar muxlis tashrif buyurgan, xolos. Bu borada Bunyodkorning natijasi ham yuqori darajadamas - 1484 muxlis. Uchinchi o'rin egasi - Paxtakorning o'yinlariga esa 1559 nafar ishqiboz kelgan. Qiziq tomoni, poytaxt klublari orasida eng yaxshi natija Obodga tegishli - oliy liga debyutantining har bir o'yiniga 2246 nafar ishqiboz kelgan. Xo'sh, bu nimadan dalolat?

Futbol - muxlislar uchun degan jumla bizda faqat istehzo uyg'otadi. Buni yaxshi bilamiz. Nima uchun oliy ligada etakchilik qiladigan klublar o'yiniga qiziqish bu qadar past? Ishoning, agar ishqibozlarning stadionga kelishi faqat jamoa qayd etadigan natijaga bog'liq bo'lganida, Yuventus 94 million evro sarflab Iguainni sotib olmagan bo'lar edi. Real va Barselona almashib chempion bo'lgani uchun ularning o'yiniga ko'p muxlis keladi, deb o'ylaysizmi? Yo'q, buning uchun ularning marketing xizmati kechayu-kunduz ish bilan band bo'ladilar. Turli reklama roliklari, qimmatbaho xaridlar va eng muhimi - o'sha futbolchilarni ommalashtirish ortida juda katta mehnat yotadi.

Bizning Lokomotiv, Bunyodkor va Paxtakor esa nima uchun stadionga muxlislar kelmayotganiga hali uzoq vaqt tushuna olmasalar kerak...

Umar BEK

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика