So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Markazlashgan musobaqa uchun nega Toshkent qulayroq? Diyor Imomxo'jaevning javobi Yangiliklar

Markazlashgan musobaqa uchun nega Toshkent qulayroq? Diyor Imomxo'jaevning javobi

Kecha O'zPFL Coca Cola Superliga uchrashuvlarini markazlashgan holatda o'tkazish variantini ham o'rganib chiqayotgani haqida yozgandik.

Bu bizning vazifamiz, A plan o'xshamay qolsa, albatta B tayyor turishi kerak. Savol: musobaqalar to'xtab qolmasligi nima uchun muhim?

To'xtatish oson, boshlab olish qiyin. Holat bizdanda salbiyroq mamlakatlar futbolni davom ettirishni eplayotgan bo'lsa, biz ham harakat qilishimiz kerak.
Kuz faslida xalqaro o'yinlar bor, futbolchilar unga qadar yaxshi formada bo'lishlari shart.
Karantin sabab odamlarga uyda o'tirish taklif etilayotgan bo'lsa, ularning aksari futbol tomosha qiladi. Juda qiyin bo'lsa-da, chet el futboli muxlislarga berayotgan ozuqani o'z odamlarimizga o'z futbolimiz bilan berishga harakat qilishdan to'xtamasligimiz kerak.

Xo'sh, markazlashgan musobaqa mavzusi nega ochildi?


Viloyatlararo chegaralar yopildi, bu jamoalarga birinchi muammo.
Poezd va aviaqatnovlar qisqartirildi, bu ikkinchi muammo.
Vodiy yo'lida jamoalar avtobus bilan harakatlana olmaydi, bu uchinchi muammo.
Surxondaryoga avtobusda boradigan Toshkent va vodiy jamoalari jismoniy tarafdan juda katta kuch yo'qotadi, bu to'rtinchi muammo.

Biz bu borada IIV bilan hamkorlikda ishlayabmiz. Futbol klublariga yo'llarda qulaylik yaratish maqsadida ularning rejalari, harakat qiladigan transportlari va delegaciyalar ro'yxati IIV uchun taqdim etildi. Yani, 9-tur bizga bu borada juda ko'p axborot beradi, keyingi rejalar shundan kelib chiqadi.

Xo'sh, markazlashgan musobaqa uchun nega Toshkent qulayroq? 

Birinchidan, Superliganing barcha klubida Toshkentdan qo'nim topish uchun navbatchi otellar bor. Ular bu otellardan muntazam — tibbiy tekshiruv uchun, yig'inlar uchun va hokazo vaqtlarda foydalanadi. Yani, har bir klub uchun o'z viloyatidan keyingi qarorgoh bu Toshkent.

Ikkinchidan, Toshkent va Toshkent viloyatida Superliga talablariga javob beradigan 7 ta maydon bor, biz shularning 5 tasidan foydalanishimiz mumkin (2 tasida projektorlar muammosi bor). Boshqa biror erda buncha maydonlar yo'q. Vodiy masalasi ko'tarilishi mumkin albatta. Biroq vodiyda bunday stadionlar soni 4 ta (ular orasidan Istiqlol stadioni masalasi alohida mavzu).

Uchinchidan, Toshkent va Toshkent viloyatlarida mashg'ulot maydonlari nisbatan ko'p. Hayot faqat rasmiy o'yinlardan iborat emas, klublar mashg'ulot ham olib borishi kerak. Sizningcha, yana qaysi viloyat bir vaqtning o'zida 14 klubni qabul qila oladi? Toshkentda esa ularning barchasida kelganida shug'ullanish uchun navbatchi maydonlar bor (aslida bu mavzu hali Toshkentda ham muammolar keltirib chiqarishi katta ehtimol).

To'rtinchidan, biz U-21 musobaqasini ham unutmasligimiz kerak. CHunki O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionatining asosiy futbolchilari mana shu ligada to'p suradi. Hatto Toshkentning o'zida ular uchun tabiiy maydonlar qolmayapti, biz majbur bo'lamizki, ularga suniy maydonlarni taklif qilishga. Muhimi, musobaqaning to'xtab qolmasligi.

Beshinchidan, U-21 jamoalari asosiy jamoalar bilan yonma-yon bo'lganidagina yosh futbolchilarda motivaciya va o'sish bo'ladi. SHu tariqa, umumiy 28 jamoa uchun Toshkentdan boshqa viloyat qiyinchilik tug'diradi.

Oltinchidan, uchrashuvlar hakamlari, inspektorlari va komissarlarining asosiy qismi Toshkentda istiqomat qiladi. Bu ular uchun chegaralarni bosib o'tish muammosini kamaytiradi, futbol klublari ularni olib kelish va kuzatish xarajatlarini vaqtincha o'ylamaydi. Ularning hammasini boshqa viloyatga ko'chirib borish va yashashini taminlash esa qo'shimcha mablag' talab qiladi.

Ettinchidan, MTRK xodimlarining asosiy qismi ham Toshkentda istiqomat qiladi. Ularda ham chegarani bosib o'tish masalasi bor. Bitta uchrashuvda MTRKning tahminan 15 nafar xodimi xizmat qilishi inobatga olinsa, barcha uchrashuvlar uchun etarli personalning boshqa viloyatga olib borish muammosi, ularning xarajatlari masalasi kelib chiqadi. Qolaversa, MTRK va Sport faoliyati faqatgina futboldan iborat emas, ular qolgan vaqtlarda boshqa loyihalar uchun ham ishlashi kerak, buning uchun ular Toshkentda bo'lishi lozim.

Sakkizinchidan, futbolni yoritib boruvchi asosiy internet nashrlar ham poytaxtdan turib ishlaydi. Championat.asia deysizmi, Kun, Daryo, SportsUZ va hokazo, ular ham boshqa viloyatlar uchun o'z xodimlarini yuborishda, ularning yashashini taminlashda moliyaviy qiyinchilikka duch kelishi mumkin.

Kasallanish holati Toshkentda ko'proq, viloyatlarda kamroqligi masalasida shunday deyishimiz mumkin: ayni vaqtda butun O'zbekiston qizil zonada. Infekciya yuqtirib olish xavfi barcha joyda bor. Agar jamoalar Toshkentdan qo'nim topsa, rejamiz bo'yicha ular istiqomat qiladigan maskanlarda karantin talablari kuchaytiriladi. Bu ishga SES va IIVni jalb qilish nisbatan osonroq bo'ladi. Klublar o'z qarorgohi orqali avtobusda mashg'ulotga va o'yinga qatnaydi xolos. Ular bilan begona kishilarning uchrashmasligini iloji boricha nazorat qilish mumkin bo'ladi.

SHuningdek, markazlashgan musobaqa bizga vaqtdan yutish imkonini beradi. Reja bo'yicha 12-tur uchrashuvlari 4 avgust kuni tugaydi. Markazlashgan holatda esa biz 12-turni 30 iyul kuni yakunlashimiz mumkin.

Jamoalar ketma-ketligiga ham qarang. Paxtakor, Toshkentda, Lokomotiv, Bunyodkor, Metallurg, AGMK va Surxon ham shu nuqtalarda, Andijon mashg'ulotlarni Yangierda olib boryapti. Yani, jamoalarning deyarli teng yarmi shu erda. Bu albatta ko'pchilikning etiroziga sabab bo'ladi, biroq faktdan qochib ham bo'lmaydi. 10-turda Navbahor Termizga, Andijon Muborakka borishi kerak. Ular baribir Toshkent orqali yo'lga chiqadi. Bu ham muhim faktor.

Biz qachondir hamma narsa poytaxt jamoalari uchunmi, degan qarashdan voz kechishimiz kerak. Biz qachon butun bir O'zbekiston bo'lamiz, shunda rivojlanamiz. Istalgan sohani olib qarasangiz ham shunday, metro faqat Toshkentda, asosiy banklar, tashkilotlar va hokazo. Bu jarayonlarga futbolgina sababchi emas. Biz viloyat jamoalarining muvaffaqiyatiga, ularning xalqaro maydonlardagi o'yinlariga ko'proq muhtojmiz. Bu oldinga kattagina qadam tashlashimiz uchun turtki beradi. Aytaylik, kubok finali Namanganda o'tadi, bu bitta imkoniyat. Karantindan keyin tiklangan futbolda Nasaf, So'g'diyona, Navbahor, Qo'qon kabi klublardagi o'sishni ko'pchiligimiz ko'rdik, o'ynasa, etakchilarni ham yutish mumkin ekan. Mana endi yuqorida keltirib o'tilgan masalalarni istalgan viloyatga solishtirib chiqasiz, savollar bo'lsa, ularga javob berishga tayyormiz.

SHu o'rinda IIVga ko'rsatayotgan yordami uchun katta minnatdorchilik bildiramiz. 9-tur uchrashuvlari muammolarsiz o'tib olsa, keyingilari masalasida yana fikr almashamiz.


Diyor Imomxo'jaev 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика