So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверди 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  96 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  34 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  3

Markazlashgan musobaqa tufayli 2016 yildan beri takrorlanib kelayotgan holatga barham beriladimi? Yangiliklar

Markazlashgan musobaqa tufayli 2016 yildan beri takrorlanib kelayotgan holatga barham beriladimi?

OFK rasmiy sayti Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi markazlashgan tartibda bo'lishini malum qildi.

Aslida shunday bo'lishini taxmin qilish qiyin emasdi. Negaki butun dunyo bo'ylab pandemiya hali tugagani yo'q, garchi bizda aholining aksar qismi ko'chada niqobsiz yurishga qaytgan bo'lsa-da. Lekin OFK baribir ehtiyot chorasini ko'rmoqda va OCHL guruh bahslarini markazlashgan musobaqa shaklida o'tkazishga qaror qildi. 

SHarq mintaqasiga hozircha to'xtalmay turamiz, negaki bu biz uchun unchalik qiziq emas. Bizni ko'proq G'arb mintaqasi qiziqtirgani bois shu mintaqada bo'ladigan voqealar haqida so'z yuritamiz va Eron klubi bilan nima bo'ladi degan savolga to'xtalib o'tamiz. 


Guruh o'yinlari Saudiya Arabistoni, BAA va Hindistonda bo'ladi

Avvalo shuni aytish kerak, bu yildan OCHL ishtirokchilari soni 8taga oshirildi. SHu paytgacha guruh o'yinlarida 32ta jamoa qatnashib kelgan bo'lsa, bu yildan 40taga etkazildi va 10ta guruh vujudga keldi. Natijada har ikki mintaqada 5tadan guruh uchrashuvlari o'tkaziladi.

G'arb mintaqasida guruh bahslariga uchta mamlakat mezbonlik qiladi: Saudiya Arabistoni, BAA va Hindiston. Saudiya Arabistoni uchta guruhni o'zida qabul qilsa, BAA va Hindiston bittadan guruhga mezbonlik qiladi. Uchta guruhdan ikkitasi Saudiya Arabistonining Ar Riyod va bitta guruh Jidda shahrida o'yinlarni o'tkazadi. Qolgan ikkita guruh SHarja bilan Goada tashkil etiladi. 


Guruhlar va jamoalar

SHunday qilib "A" va "D" guruhi o'yinlari Ar Riyodda o'tkaziladi, Jidda "C" guruhi, SHarja "B" guruhi va Goa "E" guruhini o'zida qabul qiladi. Tushunarliroq bo'lishi uchun guruhlarni alohida eslab o'tamiz. 

"A" guruhi: O'yinlar Ar Riyodda bo'ladi 

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"SHabab Al Ahli" (BAA)

"Istiqlol" (Tojikiston)

"Al Garafa" (Qatar)/AGMK (O'zbekiston)


"B" guruhi: O'yinlar SHarjada bo'ladi

"SHarja" (BAA)

"Traktor" (Eron)

"Paxtakor" (O'zbekiston)

"Al Vehda" (Saudiya Arabistoni)/"Al Quva Al Javiya" (Iroq)


"C" guruhi: O'yinlar Jiddada bo'ladi

"Al Duhayl" (Qatar)

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)

"Istiqlol" (Eron)

"Al SHorta" (Iroq)


"D" guruhi: O'yinlar Ar Riyodda bo'ladi

"Al Sadd" (Qatar)

"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)

"Al Vihdat" (Iordaniya)

"Fulad" (Eron)/"Al Ayn" (BAA)


"E" guruhi: O'yinlar Goada bo'ladi

"Persepolis" (Eron)

"Al Rayan" (Qatar)

"Goa" (Hindiston)

"Al Vahda"(BAA)/"Al Zavra" (Iroq)


Ko'rib turganingizdek, "B" guruhi vakili "Paxtakor" SHarjaga safar qiladi. AGMK esa dastavval o'z kuchini pley-offda sinab ko'radi. 7 aprel kuni Dohada bo'ladigan "Al Garafa" - AGMK bahsida g'olib chiqqan jamoa "A" guruhiga yo'l oladi va guruh bahslarini Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda o'tkazadi.


Eron klub(lar)i Saudiyaga boradimi? 

Malumki, siyosiy vaziyat tufayli Eron klublari 2016 yildan beri OCHLda Saudiya Arabistoniga bormaydi, o'z navbatida Saudiya klublari ham Eronga kelmaydi va har ikki mamlakat klublari bir-biriga qarshi bahsda neytral stadionlardan foydalanib keladi. Aytaylik, uchrashuvlar ko'pincha BAA yoki Qatar maydonlarida tashkil etiladi. 

Ammo hozir vaziyat nozik. CHunki OFK musobaqaning guruh bosqichi markazlashtigan tartibda bo'lib o'tishini qaror qilib bo'ldi. Etibor berib qarasak, "C" guruhida Eronning eng nomdor klublaridan biri "Istiqlol" joy olgan. Bu jamoa endilikda Saudiya Arabistoniga borishi kerak, chunki o'yinlar Jiddada tashkil etiladi. 

Bundan tashqari agar pley-offdan o'tsa, Eronning boshqa bir klubi "Fulad" ham Saudiya Arabistoniga, Ar Riyodga safar qilishi lozim bo'ladi. SHunday ekan, savol tug'iladi: 2016 yildan beri davom etib kelayotgan "anana", yani bir-birinikiga bormaslik holatiga bu yil barham beriladimi?

Bu savol bilan taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaevga murojaat qilganimizda shunday javob oldik. 

- "OFK yakuniy to'xtamga birdaniga kelgani yo'q. Har holda markazlashgan tartibdagi musobaqaning qaysi mamlakatlarda o'tkazishni aniqlab olish oson bo'lmaydi. Menga malum bo'lishicha, Saudiya Arabistoni hukumati Eron klublarining mamlakat hududiga kirishiga ruxsat berdi. O'z navbatida eronliklar ham Saudiyaga borishga rozi". 

- "Bilishimcha, 2016 yil OFK qo'mitasi qabul qilgan qaror hozir o'zgartirilmoqda. Lekin bu qaror o'zgarishi faqat OCHL guruh o'yinlariga tegishli bo'ladi va guruhdan so'ng keyingi bosqichlarda yana Eron va Saudiya klublari o'zaro to'qnash keladigan bo'lsa, menimcha neytral maydon tanlanadi". 

- "Agar Eron klubi yoki klublari Saudiyaga bormasa, unda musobaqadan chetlatiladi. Meni shu o'rinda boshqa savol qiziqtiryapti: agar jahon chempionati saralash bosqichida Eron va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari bitta guruhga tushsa, unda nima bo'ladi? O'tgan safar tushmadi, lekin bu gal tushib qolsa-chi? Hamma narsa bo'lishi mumkin. Xullas bu borada savollar ko'p", - deydi Alisher Fayzullaevich.


Tinchlikka nima etsin

Albatta, siyosat hamma jabhaga tasir qiladi. Xudoga shukurki, bizning hech bir davlat bilan qandaydir tushunmovchiligimiz yo'q va qaerda futbol bo'lsa borib o'ynab kelaveramiz. Ar Riyod, SHarja, Jidda, Goa - biz uchun farqi yo'q, borib o'ynayveramiz. Muhimi, "Paxtakor" guruhda o'zini ko'rsatsa va AGMK eson-omon pley-offdan o'tib guruhga tushsa bo'lgani.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика