So’nggi yangiliklar

15:14Ҳакамлар “Насаф”га яна ёрдам беришдими? Суперлиганинг 17-туридан ўрин олган ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 14:44Ваниҳоят! "Челси" футболчисини ижарага бера олди  1 13:57Роналду мураббий бўладими? Криштианунинг ўзи бу саволга жавоб берди  1 13:26ОФК Техник қўмитаси Илёс Зейтуллаевнинг мураббийлик дипломи бўйича якуний хулосасини қабул қилди  0 12:53Флорентино Перес "Реал" учун янги дарвозабон топди. Кипернинг трансфер ҳуқуқи "Арсенал"га тегишли, аммо...  1 12:24"Барселона" ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи   5 11:56Аббосбек Файзуллаев ЦСКАдаги асосий муаммо ҳақида гапирди  3 11:21ЖЧ саралаши. Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувида "VAR" бўладими?  1 11:03Дансо йўқ! Абдуқодир Ҳусанов учун йўл очилдими?   2 10:44ОЧЛда "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср"га 3 тадан гол урган футболчи жамоаси билан янги шартнома имзолади  3 10:20"Рома" "Милан" футболчиси билан шартнома тузишга яқин  4 09:48"Реал Мадрид" тарихидаги энг қиммат трансферини амалга оширмоқчи  2 09:17Криштиану Роналду Евро-2024даги ўйини танқид қилинганига кескин муносабат билдирди  23 08:45"Барселона" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олади  1 08:14"Реал Мадрид" етакчиси келаси йил Саудияга кўчиб ўтиши мумкин. Таклиф суммаси шунчаки дахшат  9

"Markazdan emas, ko'proq qanotlar orqali hujumga o'tishimiz lozim edi" - Aleksandr Krestinin ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Markazdan emas, ko'proq qanotlar orqali hujumga o'tishimiz lozim edi" - Aleksandr Krestinin ishtirokidagi matbuot anjumani

Jahon chempionati Qatar-2022 saralash bosqichining 2-raund doirasidagi 1-tur to'qnashuvi Tojikiston - Qirg'iziston (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ilk qismida mehmonlar ustozi Aleksandr Krestinin ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda Tojikiston terma jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Ular o'yinda o'z ustunliklarini namoyish etishdi. Bugungi bahsda jamoamiz o'ylagan o'yinni amalda ko'rsata olmadi. Birinchi bo'limda maydon markazida kerakli darajada faol o'ynamadik. Tanaffusdan keyin bu borada o'yin yaxshilandi, lekin bu kamlik qildi. Dastlabki bo'limda yomon o'ynadik. Raqib esa g'alabaga bizdan ko'ra yaqinroq bo'ldi va yakunla bunga erishdi ham", - deya o'yin haqidagi ilk taassurotlar bilan o'rtoqlashdi Aleksandr Krestinin.

- Nima deb o'ylaysiz, hisob yanada kattaroq bo'lib ketishi mumkinmidi?

- Aytdimku, raqib bizdan ko'ra g'alabaga loyiq ko'rindi va yutuqqa erishdi. 


- Osiyo Kubogidagi Qirg'iziston bilan bugungisini taqqoslasa, jamoa o'ziga o'xshamadi. Nima ruy berdi, nega bu qadar o'zgarib ketdi? (Usmon Ibodov, O'zbekiston)

- Fikrizga to'liq qo'shilaman. Osiyo Kubogida o'yin taraflama intizomli, agressiv jamoa edik. Bugun esa rejamizga muvofiq o'ynay olmadik. Ochig'i, hayronman. Bunaqasi ketmaydi. Kerakli tahlillarni amalga oshirib, vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz. Tegishli xulosa chiqarish shart. 

- Tarkib jihatdan ham o'zgarishlar ko'payib ketgan...

- Ko'pchilik jarohati bois bugungi bahsda o'ynay olmadi. Bugungi kunda mavjud tarkibdan kelib chiqsak, eng yaxshi va eng kuchli futbolchilarni jamlaganmiz. Lekin bu bahona bo'lmasligi kerak. Umuman olib qaralsa, jamoani tayyorgarligi yaxshi edi. Ikkinchi taymda jamoa o'yini o'zgardi, qo'shdik. Ammo birinchi bo'limdagi bo'shashganimiz baribir pand berdi.


- Tojikiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz? Aynan shu jamoani Dushanbeda 3 yil ilgari yutib ketgandi Qirg'iziston. Nimalar o'zgargan?

- Men tarixlarni eslab, boshqa tarkib, boshqa murabbiylar ishlagan davr bilan hozirgisini solishtirgim kelmaydi. U paytda holat, vaziyat va murabbiylar boshqa bo'lgan. SHu boisdan ham buni taqqoslash noo'rin, menimcha. 

- Bugun siz tanlagan 3 markaziy himoyachi joylashuvili taktik sxema birinchi bo'limda ishlamadi. Futbolchilaringiz sizning bergan vazifalaringizni bajarishmadi...

- Juda qattiq adashasiz. Bu sxema birinchi bo'limda ham himoyaviy o'yinda yaxshi ishladi. Unutmang, dunyoda hujum uchun quriladigan sxema yo'q. Hammasi himoyalanish uchun qo'llaniladi. Himoyalanishda sxema yaxshi ishladi. Faqat himoyadan hujumga chiqishda oqsadik. Haqiqiy muammo shu erda ko'rindi. Rejaga ko'ra himoyadan hujumga o'tish amalga oshmadi. Unutmang, futbolchilarning joylashuv taktik sxemasi faqat himoyalanish uchun qo'llaniladi. O'yin davomida to'pni keragidan ortiq juda ko'p yo'qotdik. Raqibni to'pni olib qo'ymadi, aksincha, biz ularga to'pni topshirib qo'yaverdik. Oddiy vaziyatlardagi ko'plab xatolar qimmatga tushdi. 


- O'yindan oldingi matbuot anjumanida raqib qanday o'ynashi haqida bazi tasavvurlaringiz borligi haqida gaprigandingiz. Tojikiston bugun siz kutgan o'yinni namoyish qildimi yoki kutilmagan uslub yoki taktik yondoshuv bo'ldimi? SHuningdek, yana bir savol. Uch markaziy himoyachi bilan o'ynaganda qanotlardagi lateral futbolchilardan faollik ko'proq talab etiladi. Bugun ular kutilganidek ko'rinmadi, nazarimda. Ularning o'yini borasida qanday fikrdasiz? (SHahboz Beg'amov, "championat.asia")

- Juda to'g'ri. Yakunda ular aynan men kutgan uslubdan foydalanishdi. Barcha hujumlar faqat markaz orqali qurildi. Qanotlardan hujumlar uyushtirilmadi. Bugun biz qanotlar orqali hujum tashkil etishga ko'proq urg'u berishimiz kerak edi. Lekin negadir biz markaz orqali hujumga o'tishga urinib, to'pni yo'qotib qo'yaverdik. Raqib esa kutilganidek markaz orqali faol o'ynashni lozim topdi. Aybni qanotdagi futbolchilarga og'darish qo'ymoqchi emasman. Ular joylashgan bo'sh hududga ham to'p uzatmalar etarlicha kelmadi. To'psiz esa qanotdagi futbolchilar samarali o'yin ko'rsata olishmaydi. Aytganimdek, futbolchilar bugun rejalashtirilgan uslubdan foydalanish o'rniga markazdan o'ynashga intilishdi. Bu bilan esa natijaga erishib bo'lmaydi. Bu noto'g'ri.



- Dastlabki 15-20 daqiqa jamoa yomon o'ynamadi. Lekin keyinchalik o'yin bo'shashib ketdi va nazorat raqibga topshirildi...

- Qo'shilaman. Start yomon bo'lmadi. To'pni olib qo'yish, hujumga o'tish yaxshi ketayotgandi. Biroq keyinchalik tashabbus topshirildi. 


- Guruhda yaqqol favorit Yaponiya. Bunga shubha yo'q. Tojikiston bilan Qirg'iziston esa ikkinchi o'rin uchun asosiy davogar. Tan olish kerak, Myanma va Mongoliya status jihatidan bugungi jamoalarga mahorat bobida ham teng kelishi qiyin. Guruhdan chiqish borasida asosiy raqobatchi Tojikiston bilan kurash qay tariqa kechadi, deb o'ylaysiz? Bugun raqib yaxshi o'ynadi, to'g'ri. Lekin mehmonda va ustiga-ustak suniy qoplamali maydonda o'ynaldi...

- To'g'risi, men mag'lubiyatga maydonni ayblamayman. Gap unda emas. Guruhdagi raqobat va kurash haqida esa hozircha xulosa qilish qiyin. Siz aytib o'tgan jihatlarning barchasi qog'ozdagi nazariya. Amalda esa boshqacha bo'lishi mumkin. Myanma yoki Mongoliyani hisobdan chiqarish xato. Ular status bo'yicha autsayder maqomida bo'lishi mumkin. Lekin u erdagi ob-havo istalgan raqibga noqulaylik tug'diradi. Osiyo katta qita. Samolyot, uchishlar va turli iqlimlarni ham inobatga olish kerak. Hammasi kelasi yili yozda malum bo'ladi. Ko'ramiz. SHunisi aniqki, oson bo'lmaydi.

Tajikistan

Alisher Dzhalilov - 41'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. F . 1-tur

05/09/2019, 19:00

0
:
1
Tugadi

Kyrgyzstan

Stadion: 17800 tomoshabin

45'
90'
41'  Alisher Dzhalilov
87'  Manuchehr Dzhalilov (Sheriddin Boboev)
89'  Muxammadzoni Raximov (Jahongir Ergashev)
90'  Parvizdzhon Umarbaev (Komron Tursunov)
25'  Kairat Zhyrgalbek
35'  Azamat Baymatov
46'  Akhlidin Israilov (Tursunali Rustamov)
69'  Bakhtiyar Duyshobekov (Abai Bokoleev)
71'  Tamirlan Kozubaev
75'  Farhad Musabekov (Alimardon Shukurov)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика