So’nggi yangiliklar

17:17Суперлига. "Хоразм" — "Насаф". Асосий таркиблар маълум  2 16:55"Барселона" "Аталанта" ҳужумчиси учун 50 млн евро тўлашга тайёр  0 16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  0 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   21 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  1 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  12 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  16 13:08Гвардиола "Барселона" ҳақида: "Бундай ўйин билан стадионлар ҳеч қачон бўш қолмайди"  14 12:39Улуғбек Бакаев "Бухоро"даги фаолиятини давом эттирадими?  7 12:12"Ямаль Мессидан яхшироқ". "Барселона" собиқ футболчиси ҳайратланарли баёнот билан чиқди  16 11:46МЮ "Вулверхэмптон" голеадори учун 62,5 млн фунт тўлашга тайёр  0 11:19Франция хорижда ўйнаётган энг яхши футболчисини аниқлайди. Номзодлар ичида Мбаппедан ташқари яна кимлар бор?  14

Markazda yig'ilish. Abduraimov yangi yoshlar TJ murabbiyi! Yangiliklar

Markazda yig'ilish. Abduraimov yangi yoshlar TJ murabbiyi!

Kecha terma jamoalar Markazidagi navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda turli toifadagi terma jamoalarimiz mart oyi dasturlarini taqdim etdilar.

Undan tashqari qilingan ishlar haqida hisobot berildi.

Yig'ilishda Markaz direktori Asqar Tolibjonov. Texnik direktor Rustam Akramov va direktorning birinchi o'rinbosari Ramil Ilyasov hamda musobaqalar o'tkazish bo'lim boshlig'i Botir Karimjonov ishtirok etdilar. SHuningdek, maslahatchi murabbiylar, Eldor Sakaev va Mavzur Umarxo'jaev ham qatnashdilar. 

Mirjalol Qosimov MTJni 23 mart kuni yig'ishini malum qilgan. Terma jamoamiz 24 mart kuni Janubiy Koreyaga uchib ketishi rejalashtiryapti. 27 mart kuni mezbonlarga qarshi o'rtoqlik o'yini bor. 31 mart kuni yaponlar bilan o'ynaymiz.

Kuni kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Baxtiyor Ashurmatov ham mart oyi dasturini taqdim etgan. Olimpiyachilarimiz 5 mart kuni Toshkentda yig'iladilar. 7 mart kuni mahalliy klublardan biriga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazilinadi. SHundan keyin terma jamoamiz 11 mart kuni Vetnamga uchib ketadi va u erda 14 mart kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 15 mart kuni Toshkentga qaytib keladigan vakillarimiz, 19 mart kuni Bangladeshga uchadilar. U erda 23 mart kuni o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi. SHundan keyin saralash o'yinlari boshlanadi.

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi 1995 yilda tug'ilgan yoshlarimiz ayni paytda Toshkentda yig'in o'tkazyaptilar. Kuni kecha "Navbahor"ga 2:1 hisobida imkoniyat boy berildi, kecha "Obod" huddi shunday hisobda taslim etildi. Endigi raqib "Metallurg". 

2000 yilda tug'ilgan o'smirlar terma jamoasi Yaponiyada bo'lib o'tadigan turnirga tayyorgarlik ko'rayapti. 23 mart kuni kun chiqar yurtga uchadigan Temur Olimxo'jaev jamoasi u erda 30 martga qadar bo'ladi.

1998 yildagi terma jamoamiz allaqachon o'z faoliyatini tugatgan. Endi u erdagi yaxshi futbolchilar, 1997 yilda tavallud topgan yangi yoshlar terma jamoasidan joy olishlari mumkin bo'ladi. Bu terma jamoaga, istedodli murabbiyi, Abduraimovlar sulolasi vakili, Jasur Abduraimov bosh murabbiy etib tayinlangan. Jasur Abduraimov 1997 yilda tavallud topgan futbolchilar bilan 7 karra Toshkent SHahar chempioni, 3 karra Respublika miqyoqisdagi turnirda zafar quchgan. Aytish joizki, to'g'ri qaror. 

1997 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz, shu yili kuz oyida 2016 yil yoshlar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini beruvchi saralash o'yinlarida qatnashadilar. Mart oyida mazkur terma jamoamiz o'zining kengaytirilgan tarkibi bilan mashg'ulot o'tkazadi.

SHundan so'ng navbat plyaj futboliga keldi. Terma jamoamiz Portugaliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi. Buning uchun Ahad Yusupov boshchiligidagi plyajchilarimiz, 14-20 mart kunlari Dubayda yig'in o'tkazadilar. SHundan so'ng Qatar poytaxti Doxaga yo'l olib, 22-28 mart kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida qatnashadilar. Musobaqa sovrindorlari JCH yo'llamansini ham naqt qiladi.

Vyacheslav Soloxo boshqaruvidagi ayollar olipiya terma jamoamiz Iordaniyada bo'lib o'tadigan birinchi bosqich saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'radilar. 2-9 mart kunlari Toshkentda yig'in o'tkazilinadi. Iordaniyadagi musobaqa esa 9-16 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Nafil Boboev boshqaruvidagi ayollar yoshlar terma jamoasi 4-6 mart kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi. SHundan so'ng qizlarimiz, Sochida 6-18 mart kunlari bo'lib o'tadigan "Kuban bahori" turnirida ishtirok etadilar.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика