Mark Vilmots: "Gol urgan emas, gollarni oldini olgan futbolchi "Oltin to'p"ga ega chiqishi kerak"
24 dek 2014 00:37
Yangiliklar


Mark Vilmots: "Gol urgan emas, gollarni oldini olgan futbolchi "Oltin to'p"ga ega chiqishi kerak"
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots "Oltin to'p" borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Kim "Oltin to'p"ni olishi kerak? Men aslida Aren Robben, Manuel Noyer va Tibo Kurtuaga ovoz bergandim. Nomzodlar orasidan Noyer kuchli uchlikda qoldi. Va albatta men Noyer nomzodiga to'xtalaman. CHunki Noyer dunyodagi eng kuchli darvozabon sanaladi. Noyer erishishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritmoqda. Uning o'yinini tariflashga til ojiz. "Oltin to'p"ni gol urgan futbolchi emas, gollarni oldini olayotgan darvozabonlar ham qo'lga kiritishga haqli.

Fikrlar