So’nggi yangiliklar

15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  0 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  11 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19

Mark Vilmots: "Eron hujumkor futbol ko'rsatishdan qo'rqmaydi" Yangiliklar

Mark Vilmots: "Eron hujumkor futbol ko'rsatishdan qo'rqmaydi"

Teglar :  Mark VilmotsEron
Eron milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Mark Vilmots Belgiya telekanallaridan biriga intervyu berdi.

Belgiyalik mutaxassis o'z intervyusida Erondagi dastlabki kunlari qanday kechgani hamda terma jamoa haqida gapirib berdi. 

- "Eronda iqtidorlar juda ko'p ekan. Masalan, terma jamoa darvozaboni Alirizo Beyranvand Evropaning istalgan klubida o'ynab keta oladi. Bizda shuningdek 18 yoshli hujumchi ham bor. U - Olloyor Sayyadmanesh, yaqinda "Fenerbahche" bilan shartnoma tuzdi. Bu futbolchi 2017 yil FIFA U-17 jahon chempionatida Germaniya darvozasiga ikkita to'p kiritgandi. Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Olloyor zaxiradan tushib shu zahoti gol urdi". 

- "Lekin baribir savol tug'ilyapti: bizning o'yin uslubimiz qanday ko'rinishda bo'ladi? Albatta, sen uchta mashg'ulotda hech narsani o'zgartira olmaysan. Lekin shuni aytishim mumkin, Eron hujumkor futbol ko'rsatishdan qo'rqmaydi. Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida biz 16 marta xavfli vaziyat yaratdik. Yoshlar sekin-asta jamoa o'yiniga moslashib bormoqda". 

- "Menga yangi davlatlarni kashf qilish yoqadi. Eron juda tinch mamlakat ekan. SHu paytgacha Evropa va Afrikada ishladim, endi Osiyoda o'zimni ko'rsatmoqchiman. Menga Tehron yoqdi, hammayoqda gullar. Terma jamoa mashg'ulot bazasi tog' yonbag'rida joylashgan. Bu juda zo'r". 

- "To'g'risi, siyosat haqida gapirishni yoqtirmayman. Erondagi siyosiy vaziyatni muhokama qilmoqchi emasman ham. Men murabbiyman, yaxshisi futbol haqida gaplashamiz. Faqat shuni aytishim mumkin, Eronda odamlar Evropadagi bazi joylarga qaraganda ancha tinch yashaydilar" - deya aytib o'tdi Mark Vilmots. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика