So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Mark Klattenburg "Men hech qaerga ketayotganim yo'q" Yangiliklar

Mark Klattenburg "Men hech qaerga ketayotganim yo'q"

Xalqaro hakamlik faoliyatini tugatgan Mark Klattenburg hozirda Saudiya Arabistonida ishlayapti.

U Saudiya Arabistoni hakamlar qo'mitasi rahbari hisoblanadi. Yaqinda uning ishdan ketishi mumkinligi hamda o'rniga Perluiji Kollina rahbar bo'lishi haqida gap chiqqandi. Ammo Klattenburg bu gaplarni inkor qildi.

Mahalliy OAVning yozishicha, federaciya rahbariyati Klattenburgdan ko'p narsa kutgan, biroq britaniyalik referi katta ishlarni hal qilgani yo'q. "Men bu erga shartnoma asosida kelganman va ishim mahalliy hakamlar saviyasini o'stiri sh hisoblanadi. Biz Saudiya Pro ligasining har bir o'yini yaxshi hakamlik ostida o'tishini xohlaymiz", - deydi Klattenburg.

Malumot uchun, 43 yoshli hakam Angliya Premer-ligasi doirasida bir qancha o'yinlarni boshqargan, shuningdek 2012 yilgi Olimpiada o'yinlari finali hamda Evro-2016 finalida hakamlik qilgan.

Klattenburg o'z o'rniga Kollina kelishi haqida gap-so'zlarga shunday javob berdi: "Men hech qaerga ketayotganim yo'q. Saudiya Arabistonida hakamlar saviyasini oshirish uchun qo'limdan kelgancha yordam berishga tayyorman. O'rnimga Kollina kelishi esa shunchaki mish-mish, xolos".

Eslatib o'tamiz, Perluiji Kollina italiyalik eng mashhur hakamlardan biri hisoblanadi. U 1997 yildan 2005 yilgacha ketma-ket "Yilning eng yaxshi hakami" deb topilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика