Mario otalik baxtiga muyassar bo'ldi
08 iyu 2020 23:44
Yangiliklar


Mario otalik baxtiga muyassar bo'ldi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce oilasida quvonchli kun.
Futbolchining rafiqasi, germaniyalik model Ann-Katrin Bryommel futbolchiga o'g'il farzand tuhfa etdi.
“Farzandimiz Rim 5 iyun kuni dunyoga keldi. Biz baxtlimiz! Rim va uning oyisi o'zini yaxshi his qilmoqda”, deya yozib qoldirdi Mario o'zining Instagramdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Gyotce va Bryommel 2012 yildan buyon uchrashib kelishadi. 2018 yilning may oyida ular nikohdan o'tishgandi.
O’xshash yangiliklar
18:11
Gyokeresh "Sporting" mashg'ulotlariga qaytishdan bosh tortdi. U "Arsenal"ga o'tishni istamoqda 8

Fikrlar