Mario Manjukich: "Gvardiola meni hurmat qilmadi"
28 okt 2014 17:44
Yangiliklar


Mario Manjukich: "Gvardiola meni hurmat qilmadi"
"Atletiko" hujumchisi Mario Manjukichning so'zlariga ko'ra, u "Bavariya"dan ketganidan afsusda emas.
"Gvardioladan hafaman, u meni hurmat qilmadi. U menga bundesliga to'purari bo'lishimga ruhsat bermadi. Yupp Xaynkes qo'l ostida yaxshiroq edi. Bu faqat mening fikrim emas. Professional ishda kimnidur yoqtirib yoki uni yomon ko'rib bo'lmaydi. Ammo men kimdur tarafidan salbiy munosabat his qilsam, bu insondan uzoqroq bo'lishga harakat qilaman. Men bunday munosabatga haqli emasdim. Gvardiola jamoaga kelganidan so'ng hamma narsa o'zgarganini sezdim. Men bunga ko'nikish uchun harakat qildim, ammo ikkala taraf ham harakat qilishi kerak. "Bavariya"da meni hech qanday kelajak kutmayotganini bildim. Men to'purar bo'lishi uchun u kaminani so'nggi turlarda o'ynatmadi" - deydi futbolchi.

Fikrlar