Mario Gyotce faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
05 apr 2020 12:44
Yangiliklar


Mario Gyotce faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Mario Gyotce faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, futbolchining o'yinlariga "Roma" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Aytilishicha, 27 yoshli xavbek rimliklar sport direktori Janluka Petrachi bilan ilk muzokaralarni o'tkazgan bo'lishi ham mumkin. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi ushbu mavsumda yakuniga etadi.
2019/20 yilgi mavsumda Gyotce barcha turnirlarda 19 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assistentlikni qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar