So’nggi yangiliklar

03:21"Реал" кетма-кет 29-мавсум ЕЧЛ 1/8 финалига чиқди  1 03:00ЕЧЛ. ПСЖ "Монако" билан дуранг ўйнади ва 1/8 финалга йўл олди  7 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди  61 02:30Стив Брюс: "МЮ Магуайрга янги шартнома таклиф қилиши керак"  0 01:57Саудия Арабистони. "Ал Насср" сафарда йирик ғалаба қайд этди, Роналдудан навбатдаги гол!  2 00:45ЕЧЛ. Бергамода камбэк: "Аталанта" йирик ҳисобда ғалабага эришиб, "Боруссия"ни турнирдан чиқариб юборди  24 00:20Коутиньо олдида икки йўл бор  0 00:01ЕЧЛ. "Реал" - "Бенфика" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  15 23:50"Милан" тўртинчи либослар тўпламини тақдим қилди  1 23:31Ямал ўз совринини қабул қилиб олди  1 22:50Онана МЮга қайтиб, асосий таркиб учун курашмоқчи  4 22:32"Барселона" АПЛдан ҳимоячи кўзлаб қўйди  1 22:15Каземиро Италия жамоасига ўтмоқчи  1 21:41"Ғазалкент" сўнгги дақиқаларда камбэк амалга ошириб, Россия жамоасини мағлуб этди  2 21:16ЕЧЛда мавсумнинг энг яхши дарвозабони ким бўлмоқда?  2

Mario Gomes: "Germaniya bilan Evro-2016ga borishni istayman" Yangiliklar

Mario Gomes: "Germaniya bilan Evro-2016ga borishni istayman"

Yozda “Fiorentina”dan “Beshiktosh”ga ko'chib o'tgan germaniyalik hujumchi Mario Gomes UEFAning rasmiy saytiga bergan intervyusida faoliyatidagi muhim gollar, kumiri va mavsumdagi rejalari xususida gapirib berdi.


- Bolalikda kumiringiz kim bo'lgan?

- Romario. U fantastik hujumchi bo'lgan. U gollarni qalashtirib tashlardi. SHunchaki ajoyib o'yinchi.

- Siz bilan ishlagan eng yaxshi murabbiy nomini ayting.

- Faqat bir ismni aytish adolatdan bo'lmasa kerak. Ularning har biri menga nimalarnidir o'rgatgan. Professional tarafdan ularning barchasi meni yaxshiroq qilgan. Agar faqat bir familiyani keltirish kerak bo'lsa, Yupp Xaynkesni aytgan bo'lardim. Uning qo'l ostida “Bavariya” bilan mavsumdagi barcha musobaqalarda g'olib chiqqandik.

- Futbol tarixida eng yaxshi uch nafar futbolchilarni ayta olasizmi?

- Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Ronaldo.

- Istambul qanday va ushbu mavsumda oldingizga qanday maqsadlar qo'ygansiz?

- Istambulda hayot yaxshi. SHu bilan birga murakkab. U juda ko'p mashina, odamlar va uylarga ega bo'lgan katta shahar. Bosfordagi ko'rinish shunchaki sehrlab qo'yadi. Ehtimol, bu jahondagi eng yaxshi tabiat ko'rinishlaridan biri. Odamlar juda mehmondo'st va futbolga juda qiziqishadi. Mavsumdagi maqsadlardan biri Turkiya chempionatida g'alaba qozonish. Oltin medallarni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi, lekin erishsa bo'ladigan vazifa. Bizda yaxshi jamoa bor. Evropa Ligasi esa jamoa va ishqibozlarning yana bir maqsadidir. SHaxsiy maqsadim esa Germaniya terma jamoasi bilan Franciyadagi Evro-2016da ishtirok etish.

- Faoliyatingizda qaysi lahzalar bilan ko'proq faxrlanasiz?

- Ular juda ko'p! Erishilgan barcha sovrinlar va g'alabalar, CHempionlar ligasidagi birinchi o'yinim bilan faxrlanaman.

- Qaysi golingizni eng yaxshi deb hisoblaysiz?

-Fikrimcha, eng yaxshi gollar jamoa uchun muhim gollardir. Bundesligada debyut bahsimdayoq to'p kiritganman. Quvonchdan deyarli yig'lab yuborganimni eslayman. Germaniya terma jamoasida debyut o'yinda ham golim muhim bo'lgan. Bu 2007 yil SHveycariya bilan uchrashuvda ro'y bergandi. CHempionlar ligasida urilgan gollar ham juda muhim bo'lgan.

- Yoqtirgan qo'shig'ingiz qaysi?

- Repper Tupak ijrosidagi “Changes” qo'shig'i.

- Ayni paytda jahonning eng kuchli futbolchisi kim?

- Bu men uchun juda qiyin savol. “Barselona” tarafdoriman va Lionel Messini tanlayman. Lekin Krishtianu Ronaldu ham juda yaxshi o'yinchi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика