Mario Balotelli: “Verona” ustidan qozonilgan g'alabani Zeedorfga bag'ishlayman”
20 jan 2014 12:01
Yangiliklar


Mario Balotelli: “Verona” ustidan qozonilgan g'alabani Zeedorfga bag'ishlayman”
Italiya chempionati 20-turidan o'rin olgan “Verona”ga qarshi o'yinda (1:0) yagona gol muallifiga aylangan “Milan” klubi hujumchisi Mario Balotelli, o'yin xususida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Markaziy hujumda yaxshiroq o'ynayapman. Yarim himoyachilar bilan kombinaciya uyushtirgan holda hujum chizig'ining barcha nuqtalarida o'ynash menga juda yoqdi.
Afsuski bugungi o'yinda maydon va to'p ho'l edi, bu esa jamoaning o'yiniga etarlicha salbiy tasir qildi.
Ushbu g'alabani Zeedorfga bag'shlayman. Zeedorf boshchiligidagi birinchi o'yinni yutish qiyin bo'ldi. U bizga to'pni yo'qotgan vaziyatda pressing qo'llashni buyurdi. Biz ko'plab qo'lay vaziyatlarni hosil qildik va haqli ravishda g'alaba qozondik”, - deya takidladi Balotelli.

Fikrlar