Mario Balotelli tungi klublarning birida yoqalashdi
28 jan 2014 10:02
Yangiliklar


Mario Balotelli tungi klublarning birida yoqalashdi
“Milan” hujumchisi Mario Balotelli yana janjal boshladi.
Futbolchi kechagi Italiya chempionatining 21-turidan o'rin olgan “Kalyari”ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) Milandagi tungi klublardan birida Italiyalik mashhur teleboshlovchi va qo'shiqchi Franchesko Fakkinetti bilan janjallashdi.
Ular bir-birovlariga jiddiy tan jarohati etkazmasliklari uchun qo'riqlash xizmati xodimlari bu ishga o'z vaqtida aralashishgan. Oqibatda janjal o'z vaqtida bartaraf qilingan. Kelishmovchilik sabablari haqida hech qanday malumot berilmayapti.

Fikrlar