So’nggi yangiliklar

21:45Ўйнайдими ё ўйнамайдими? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2

"Margaret Tetcher, eshityapsanmi, saylov kampaniyang qizigan paytda menda senga bir xabar bor..." Yangiliklar

"Margaret Tetcher, eshityapsanmi, saylov kampaniyang qizigan paytda menda senga bir xabar bor..."

Xabarigiz bor, Erling Xoland boshchiligidagi Norvegiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga deyarli chiqib bo'ldi.

Norvegiya terma jamoasi oxirgi mart 1998 yilgi mundialda ishtirok etgan. Jamoa 1938, 1994 yillarda ham Jahon chempionatida qatnashgan. Ammo hozir 1982 yilgi JCH saralashi doirasidagi o'yinni yodga olamiz.

1981 yilning 9 sentyabr kuni Oslodagi "Ullevol" stadionida Norvegiya va Angliya o'rtasida Ispaniya mezbonligidagi Jahon chempionati  saralashi doirasidagi o'yin bo'lib o'tgan.

O'sha o'yinda mezbonlar Angliyani 2:1 hisobida sensacion tarzda mag'lub etgan va norvegiyalik sharhlovchi Byorge Lillelien jonli efir vaqtida o'zining hissiyotlarini ushlab tura olmay, ajoyib monologni dunyoga keltiradi. Aynan o'sha monolog Lillelienni jahonga mashhur qiladi va dunyoning turli burchaklarida hamon uning o'sha sharhiga parodiyalar aytib turiladi.

Dastlab 15-daqiqada inglizlar Brayan Robsonning goli evaziga hisobni ochishgan. 35-daqiqada Tom Lund hisobni tenglashtirdi. 41-daqiqada Xallvar Toresen gol urib, Norvegiyani oldinga olib chiqqan - 2:1. O'yin tugashi bilan sharhlovchi xursandligidan mana shu monologni "yaratgan" (agar ingliz tilini tushunsangiz videoni ko'rganingiz maqul):




"Biz dunyoda eng zo'rmiz! Biz dunyoda eng zo'rmiz! Biz Angliyani futbolda 2–1 hisobida engdik!! Bu mutlaqo hayratlanarli! Biz Angliyani engdik!

Angliya – qahramonlar tug'ilgan yurt.

Lord Nelson, Lord Biverbruk, Ser Uinston Cherchill, Ser Entoni Iden, Klement Ettli, Genri Kuper, Ledi Diana – biz ularning hammasini engdik.

Biz ularning hammasini engdik!

Margaret Tetcher, eshityapsanmi?

Margaret Tetcher, saylov kampaniyang qizigan paytda menda senga bir xabar bor.

Menda senga xabar bor: Biz Angliyani jahon chempionatida futboldan chiqarib yubordik.

Margaret Tetcher, sening tilingda, Nyu-Yorkdagi Medison Skver Garden atrofidagi boks barlarida aytilganidek:

"Sening yigitlaring qattiq mag'lubiyatga uchradi! Sening yigitlaring qattiq mag'lubiyatga uchradi!"



Ammo sharhlovchining shuncha xursandchiligi uzoqqa cho'zilmaydi Norvegiya oxirgi turda safarda Vengriyaga yutqazib saralash guruhida oxirgi o'rinni egallaydi. Angliya esa o'z maydonida Vengriyani mag'lub etib Jahon chempionatiga chiqqan edi. Ammo 1987 yilda 60 yoshida vafot etgan Byorge Lillelienning ushbu o'yindagi sharhi tarixdan abadiy joy oldi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

   
13 okt 16:40:09
Ўзбек футболининг муҳлиси
Барибир чиқа олмаган эканку викинглар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика