Marchello Lippi "Guanjou Evergrand" bilan shartnomani uzaytirdi
28 fev 2014 19:32
Yangiliklar


Marchello Lippi "Guanjou Evergrand" bilan shartnomani uzaytirdi
"Guanjou Evergrand" bosh murabbiyi Marchello Lippi shartnomasini 2017 yilning noyabriga qadar uzaytirdi, deya xabar bermoqda, klub rasmiy sayti.
Italiyalik mutaxassis Xitoy klubida 2012 yilning 17 may kunidan boshlab ishlab kelmoqda. 65 yoshli Lippi murabbiyligi ostida jamoa ikki bora Xitoy chempioni, bir martadan Xitoy kubogi hamda CHempionlar Ligasi g'olibi bo'ldi.

Fikrlar