So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Marat Miftaxutdinov: "Abramov ruhiy tomonlama ancha cho'kib qolgandi" Yangiliklar

Marat Miftaxutdinov: "Abramov ruhiy tomonlama ancha cho'kib qolgandi"

Vadim Abramov bilan birga Astana klubida ishlaydigan Marat Miftaxutdinov bilan suhbatlashishga muvaffaq bo'ldik.
- Marat aka, Abramov Astana murabbiylar shtabida Miftaxutdinov ham bo'ladi, dedi. Bu siz uchun kutilmagan chorlov bo'ldimi?
- Albatta, Qozog'iston vice-chempioni bo'lgan klubda ishlayman, deb sira o'ylamagandim. Bir tomondan juda qiziq. Hozir Qozog'iston futboli haqida malum manoda tasavvurga egamizu, lekin bevosita o'sha jarayonda qatnashish qiziqarli bo'lsa kerak.

- Abramovning uslubida ko'proq psixologik tayyorgarlik ustun turadi. SHuningdek, hujumkor futbolga ham moyillik kuchli. Bu uslub yangi jamoasi o'yinida ham qo'llaniladimi?
- Bu ikki o'yin uslubidan tashqari, to'pni ushlash, nazorat qilish, texnikaga asoslangan futbol namoyish etishga ham etibor qaratamiz. Qozog'iston futbolida shu narsalar etishmaydi. Asosan hujumga etibor berib, darvozaga zarba beraverishadi. Abramov nimani qanday o'ylasa, shuni amaliyotga tadbiq etadi.

- Siz so'nggi mavsumni Mashalda o'tkazdingiz. SHu klubda bir paytlar ishlab ketgan Viktor Kumikov ayni paytda Qozog'istonning SHaxtyor jamoasini boshqaryapti. Qarag'andaliklar ECHLdan so'ng Evropa Ligasida ham ishtirok etishyapti. Bu mutaxassis bilan gaplashib ko'rmadinglarmi?
- Yo'q. Lekin uning fikrlari biz uchun qiziqarli bo'lardi. Balki, u asosiy raqiblaridan biriga malumot bermas.

- Qozog'iston futbolini biznikidan ustun qo'ya boshlashdi. Bu fikrlarga qo'shilasizmi?
- Bizning futboldan kuchli, deya olmayman. To'g'ri, moliyaviy jihatdan baquvvat klublar ko'p. Qozog'iston UEFAga o'tganidan so'ng mamlakat futbolida g'arb futboliga xos elementlar paydo bo'ldi. Lekin umumiy olganda, O'zbekiston oliy ligasi biroz bo'lsada ustunroq ko'rinyapti.

- Mashal rahbariyati ketishingizga qanday munosabat bildirdi?
- Yangi ish joyimda omad tilashdi. Muborakda istedodli murabbiy ishlayapti. Uning ish uslubini ham hurmat qilaman.

- Astanada qaerda yashaysizlar?
- Hozircha klub bazasidan joy ajratishgan. SHaroitlar alo darajada. Alohida uyga ko'chib o'tishga hojat yo'q.

- Abramov murabbiylar shtabida yordamchilarining fikrini inobatga oladimi?
- Bo'lmasamchi. Barcha ish hamjihatlikda amalga oshiriladi. O'yindan oldin bizga o'z tarkibimizni berishni so'raydi. Keyin o'zi tuzib chiqqan tarkib bilan taqqoslab ko'radi.

- Eronga qarshi o'yindan keyin yuzaga kelgan istefodan so'ng Abramov tushkun holatga tushgani aniq. Hozir murabbiy o'zini qanday his qilyapti?
- Uzoq muddat davolandi. Ruhiy tomonlama ancha cho'kib qolgandi. Bir yilga yaqin sevimli kasbda ishlamaslik bu juda og'ir. Ammo Karlenovich bu sinovlarni engib o'tdi.

- O'zbekistonda murabbiylar reytingi tuzib chiqilsa, shaxsan siz Abramovni nechanchi o'ringa qo'yardingiz?
- (Biroz o'ylanib)... Birinchi o'ringa. U bilan birga ishlayotganim uchun bu fikrni bildirmayapman. U terma jamoada murabbiylik qilgan davrda bosh jamoamiz yorqinroq, hujumkor o'yin namoyish etardi. Abramovning istefosi kutilmagan holda ro'y berdi. Nazarimda, uni rahbariyat qo'llab-quvvatlashi kerak edi. Vadim Karlenovich 4-saralash bosqichiga qura tashlangandayoq, bu guruhdan chiqishimizga ishongandi.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика